MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish Reja: Mustaqil axborotlar massivi. ma'lumotlar bazasi. Bir kishi va ko'p kishi foydalanadigan ma'lumotlar bazasi. Mashina ichidagi axborotlar bazasini tashkil etish va yuritish vositalari. Axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishning dasturiy vositalari. Mustaqil axborotlar massivi. ma'lumotlar bazasi. Faylli tashkil etilgan mustaqil axborotlar massivi baza oldida qayta ishlash bosqichida bevosita hujjatlardan shakllanadigan dastlabki massivlar bo'lishi mumkin. Bunday massivlar aniqligi tekshirilgach va xatolar tuzatilgach ma'lumotlar bazasiga yuklanishi mumkin. Foydalanuvchining algoritmik tilda yozilgan amaliy dasturida tashkil etuvchi fayllar mashina ichida ma'lumotlarni tashkil etishning ushbu turiga kiradi. Bunda fayllarning mantiqiy strukturasi va mashina tashuvchilarda ularning joylashish parametri ushbu fayllarni ishlab chiqish har bir dasturida saqlanadi. Ushbu dasturda ularni yaratish va korrektirovkalash nazarda tutilgan. Massivlarni faylli tashkil etishda ma'lumotlarninng dolzarb holatini, ularning xaqqoniyligini ta'minlash qiyin. Oraliq va nashrga oid ma'lumotlar - bular vaqtinchalik massivlar sanaladi. Ular qayta ishlash jarayonida yuzaga keladi, lekin uzoq vaqt saqlanmaydi. Shuni takidlab o'tamizki, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanishda bunday massivlar ma'lumotlar bazasining (MB) bir qismi sanaladi. ma'lumotlar bazasi ma'lumotlar bazasini nisbatan samarali tashkil etish bu - ma'lumotlar bazasida mantiqan o'zaro bog'langan massivlarni tashkil etishdir. ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda sohalashtirilgan samarali dasturiy vosita - ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalaniladi. ma'lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma'lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. ma'lumotlar bazasida ko'p qirrali kirish va aynan bir xil malu-motlardan turli foydalanuvchilar foydalanish imkoni mavjud. tashkil etiladigan ma'lumotlar bazasi strukturasi predmet sohasi ma'lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. ma'lumotlar bazasidagi mantiqiy o'zaro bog'liqlik ma'lumotlar modeli tipiga muvofiq tashkil etiladi. Normativ-ma'lumotnomali va boshqa ma'lumotlar qoida bo'yicha alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish va yuritish texnologiyasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur massivlar ma'lumotlar bazasining boshlang'ich yuklanish bosqichida tashkil etiladi. Operativ (tezkor) hisobot ma'lumotlari ma'lumotlar bazasiga vazifalarni yechish reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma'lumotlar malum davrda to'planadi. Malum bir hisob-kitob qilingach (masalan, omborxonada qolgan tovarlarni hisobkitob qilish), to'plangan tezkor hisobot ma'lumotlari yo'q qilinadi yoki arxivda saqlanadi. Bir kishi va ko'p kishi foydalanadigan ma'lumotlar bazasi ma'lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy kompyuter monopoliya ixtiyorida bo'lishi mumkin. Bunday holatda u faqat mazkur ShK xotira diskiga joylashtiriladi va axborot bazasiga bir vaqtda bir necha foyda-lanuvchining kirishi ta'minlanadi. ShK tarmog'i mavjud bo'lgan holda ko'p foydalaniladigan rejimda, (mashinaserver)da joylashadigan markazlashgan ma'lumotlar bazasini saqlash va foydalanish imkoniyati tug'iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o'z shaxsiy kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo'lgan markazlashgan axborot bazasiga kirishga ruxsat oladi. Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o'z ShKda lokal ma'lumotlar bazasini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: docx