Media savodxonlikni oshirishning usul va vositalari

Media savodxonlikni oshirishning usul va vositalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Media savodxonlikni oshirishning usul va vositalari - rasmi

Material tavsifi

Mediasavodxonlikni oshirishning usul va vositalari Reja: Media savodxonlik haqida Media savodxonlik raqamlarda Mediasavodxonlikni oshirish usullari va vositalari 2015 yili har bir amerikalik internetda kuniga 8,4 soat o'tirib, mediakontent bilan tanishgan bo'lsa, filippinliklar bunga 10,6 soat, rossiyaliklar 4,6 soat, yurtimizda 1,6 soatni ajratishmoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, dunyoda internet foydalanuvchilarining soni 2,6 milliardni tashkil etgan bo'lsa, O'zbekistonda mazkur raqam 19 milliondan oshdi va shundan 7 million nafari mobil foydalanuvchilardir. Har oyda o'zgarib turgan mazkur raqamlar bugungi kunda zarur axborotni kerak emasidan ajratish, media orqali savodxonlikka ega bo'lish zaruratini qo'ydi. Xo'sh, mediasavodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? So'nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma'lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko'payishi mediasavodxonlikka ega bo'lish zaruratini qo'ydi. An'anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo'lgan. Bugun mediasavodxonlik - axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o'ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi va to'g'ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko'rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko'rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo'sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo: Huquqiy demokratik jamiyatimizning to'laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish; OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirish; Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo'l qo'ymaslik va har qanday vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilish; Insonning vizual obrazlar ta'siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko'rinmas ma'lumotlarni o'qiy olish; OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish; Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini o'zida aks etayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir. Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo'lib, AQSHning Jamiyat xususidagi xalqaro ensiklopediyasida qayd etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas'uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo'lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir. Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko'ra esa, mediasavodxonlik harakat bo'lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat. Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil shakllarda ma'lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz esa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga