Mehmonxonalarda VIP va CIP xizmatlari

Mehmonxonalarda VIP va CIP xizmatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Mehmonxonalarda VIP va CIP xizmatlari - rasmi

Material tavsifi

Mehmonxonalarda VIP va CIP xizmatlari Xizmatlar - bu maqsadga muvofiq mehnat faoliyati va uning natijasi bo'lib, kishining biror-bir ehtiyojini qondirishda aks etadi. Xizmat tushunchasi universal holda, ya'ni har tomonlama yoki haryoqlama ahamiyatga ega bo'lib, u narsa shaklida nomoddiy va saqlanmaydigan, uni o'lchab bo'lmaydigan, jonli mehnat jarayonida taqdim etilishi va faqat baholash mumkin bo'ladi xolos. Mehmonxona korxonalarining o'ziga xosligi shundan iboratki, unda mijozlarga xizmat ko'rsatish tezkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Ushbu omil mehmonxonani tanlashda ayniqsa katta ahamiyatga bo'ladi. Bir qator mehmonxona xizmatlarini taqdim etish hatto sekundlar bilan o'lchanadi. Tokio shahridagi mehmonxonalar eng tez xizmat ko'rsatishni taklif qiladilar, qaysikim qabul chog'ida mehmonlarga xizmat ko'rsatish uchun zarur eng ko'p vaqt 45 sekund bilan chegaralangan. Boshqa ko'pchilik mehmonxonalarda shunga o'xshash amallarni bajarishga 10-15 minut sarflanadi. Rossiya mehmonxonalarida esa shunday yumushlarni bajarish uchun 30-40 minut, undan ko'proq vaqt sarflashga to'g'ri keladi. Mehmonxona xizmatlarining o'ziga xosligi, tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko'rsatish xususiyatlari va texnologiyalari bilan belgilanadi. Mehmonlarga xizmat ko'rsatish texnologik jarayonlari o'z ichiga quyidagilarni oladi: mehmonxonaga kirishda mehmonlarni kutib olish; registratsiya (qayd qilish), hujjatlarni rasmiylashtirish va mehmonlarni joylashtirish; mehmonlarga nomerda xizmat ko'rsatish; mehmonlarning ovqatlanishi chog'ida xizmat ko'rsatish; mehmonlarning madaniy talablarini qondirish - ya'ni sport, sog'lomlashtirish va fitnes-xizmat talablari; jo'nab ketishini rasmiylashtirish, kuzatib qo'yish. Mehmonxona xizmatlarini ishlab chiqarish va iste'mol qilinishi mehmonning mehmonxonaga kelgan paytidan jo'nab ketilganiga qadar bir vaqtning o'zida kechadi. Butun mehmonxona sikli davomida mehmon xizmatlarni mehmonxona xodimi faoliyatining natijasi sifatida qabul qiladi. Mehmonxona xizmatlari bitta joy da - xizmat ko'rsatish joyida ishlab chiqiladi va iste'mol qilinadi, iste'molchining o'zi esa taqsimlash tizimi qismiga aylanadi. Mehmonlar xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan restoranda, nomer (xona)da, oshxonada ro'baro' (duch) keladi. Demak, mehmonxona korxonasi xodimlarning mijozlar bilan bo'ladigan aloqasini izchil yo'lga qo'yishi kerak. Shu bilan birga mehmonlar jamoat joylarida belgilangan xulq-avtor, odob-axloq normalariga, yashashda tartib-qoidalariga rioya etishi shart. Mehmonxona xizmatlarining muhim xususiyatlari shundan iboratki, ularni jamg'arish va saqlash imkoniyati yo'qligi hisoblanadi. Shuningdek nomer fondiga talabnoma qabul qilishda va odamlarni joylashtirishda uning tabiiy sig'imidan oshib ketmasligiga yo'l qo'yish mumkin emas. O'sha vaqtda mehmonxonada bo'sh qolgan nomer va o'rin-joylarning yo'qotilishiga olib kelishini ham unutmaslik zarur. Mehmonxona xizmatlari - bu mehmonlar va mehmonxona xodimlarining uyushgan holda o'zaro hamkorligi bo'lib, butun faoliyat davomida mehmonlarga uzluksiz ta'sir etadi. Bu mahsulot faqat mehmonlar bo'lgan vaqt davomida amalga oshiriladi. Ushbu vaqt davomida mehmonlar va mehmonxona o'rtasida doimiy muloqot boradi, uni dasturlash yoki allaqanday standart yoki xizmat ko'rsatish algoritmi yaratish imkoni yo'q. Shu bois, mehmonxona xizmatlari har bir konkret holatda individual xarakter kasb etadi. Mehmonxona-tijoriy korxona bo'lib u ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 733.77 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 733.77 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga