8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 17-mavzu Mening kompyuterim sistema katalogi Avval aytilganidek, Windows ish stoli ko'rinishi Bosh menyu ko'rinishining tanlanishiga bog'liq bo'ladi. Bosh menyuning Klassik bosh menyu ko'rinishi tanlanganda Windows muhitining ish stolida quyidagilar aks etib turadi: - Mening kompyuterim - bu sistema katalogi (qisqacha, katalog) orqali ushbu kompyuterdagi disklar, fayllar va papkalar bilan ishlash va ularni boshqarish, - Mening hujjatlarim - bu papkada MS Office paketi, Paint, Bloknot kabi dasturlarda tayyorlangan (foydalanuvchi) fayllari joylashgan bo'ladi; - Internet Explorer - web-brauzer piktogrammasi bo'lib, u Internet tarmog'idan foydalanish, kompyuterdagi web-sahifalar bilan ishlash imkonini beradi; Windows elementlari yordamida shu kompyuterdagi ixtiyoriy papka, dastur yoki faylga borish va uni ochish mumkin. Shu sababli Windowsni boshqa papkalaridan farqlash maqsadida uni katalog deb ataymiz. Windows oynasining Sarlavha satri, Menyu satri, Uskunalar paneli kabi elementlari bilan Kalkulyator, Bloknot, MS Word kabi dasturlar orqali tanishsiz. Mening kompyuterim katalogi Boshqaruv sohasi Obyektlar sohasi Bu menyular Siz bilgan dasturlarning shu nomli menyularidan farq qiladi, ya'ni masalan, Fayl menyusi belgilangan obyektlar bilan bajarish mumkin bo'lgan quyidagi bo'lim va amallardan iborat: Ochish Yo'lboshlovchi Qidirish Umumiy ijozat va xavfsizlik Antivirus dasturi Jo'natish Hosil qilish Yorliq hosil qilish O'chirish Xususiyatlar Qayta nomlash Yopish Mening kompyuterim katalogi uskunalar paneli ishlash uchun qulay imkoniyatlar beradigan quyidagi uskunalardan iboratligini ko'rish mumkin: - shu oynada ochilgan katalogdan avval ochilgan katalog yoki kataloglarga qaytish; - shu oynada ochilgan katalogdan keyin ochilgan katalog yoki kataloglarga o'tish; - bir pog'ona yuqori katalogga o'tish; - joriy katalogdan faylni izlash; - joriy katalog ichidagi papkalarning iyerarxik tuzilmasini ochish; - joriy katalogda elementlarning tasvirlanish ko'- rinishini tanlash. Adres satri Windowsning eng asosiy obyektlariga tez o'tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun satrning o'ng tomonidagi ∨ belgisini va ochilgan ro'yxatdan (chapdagi rasm) kerakli obyektni tanlash yetarli. Mening kompyuterim katalogi yordamida ochilgan biror papkada kontekst-menyu yordamida ochish, qayta nomlash, yangi katalog yoki matn hosil qilish kabi amallarni bajarish mumkin. Biror papka yoki faylni o'chirish uchun u avval tanlanadi va Delete klavishi bosiladi. O'chirish buyrug'i qayta tasdiqlaganidan keyin bu obyekt nomi ro'yxatdan o'chiriladi, o'zi esa savatchaga jo'natiladi. Papka (katalog)ni yangi joyga ko'chirish uchun u avval tanlanadi va Ctrl+X klavishlar juftligi bosiladi yoki kontekstmenyudan Kesib olish bo'limi tanlanadi. So'ngra katalogni ko'chirish kerak bo'lgan joyga o'tib, Shift+Insert klavishlar juftligi bosiladi yoki kontekst-menyudan Joylashtirish bo'limi tanlanadi. Задачи для файлов ипапок - har bir katalogda yangi papka hosil qilish, Internetda chop etish, barchaga ijozat berish, shuningdek, belgilangan papka yoki fayllarni nusxalash, o'chirish, qayta nomlash kabi boshqa oddiy amallarni tavsiya qiladi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.69 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.69 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: pptx