Reja: Formulalar. Formulalarni qo'yish. Ro'yxatdagi ma'lumotlarni tashkil qilish Ishchi kitoblarini tasvirlash Diagrammalarning asosiy elementlari. Exselni sozlash. 1. Formulalar. Formulalarni qo'yish. Formula ishchi varag'ida ma'lumotlarni qayta ishlashning muhim vositasidir. Formula yozishning qoidasi. Formulaga quyidagi elementlar kirishi mumkin: operatorlar, funktsiyalarning nomlari, yacheykaning adresi. Formulalarni yozish har doim q belgi bilan boshlanadi, keyin formulalarning boshqa elementlari yoziladi. Masalan: қSUMM (Al, A2) -ikki A1 va A2- yacheykalar adresi, ya'ni yig'indisini topish kerak bo'ladi. Ta'kidlash kerakki, funktsiyaning argumentlari har doim doiraviy qavslarda joylashadi, bo'lish uchun , dan foydalaniladi. Boshqa yozuv ham bo'lishi mumkin қA1қA2. Aytish lozimki, yacheykalar adresini yozish faqat lotin alfavitining harflari bilan bajariladi. Formula yozishda ishlatiladigan belgilar: Қ - yig'indi, - - ayirma, Ғ -bo'linma, * - ko'paytma. Formulalarga misollar: қ(B1ҚA11)*D6Қ106 yoki қPROIZVED(Dll,U3)Қ34,5. Birinchi holda ko'paytma uchun operator belgisi ishlatiladi *, ikkinchi holda ko'paytmani joylashtirish uchun PROIZVED funktsiyasi ishlatiladi. Funktsiyaning nomi har doim bosh harflar bilan belgilanadi. Formulada argumentlar sifatida ishlatiluvchi kataklarda berilgan qiymatlarning o'zgarishi ma'noning o'zgarishiga olib keladi. Bu mashg'ulotda ko'proq amaliyotga e'tibor berish darkor. Shuning uchun bir necha amaliy mashg'ulotlarni taklif etamiz. Izoh: qo'shuv argumentlari joylashgan katakni ajratish, Avto yig'indining natijasi uchun yana bir bo'sh joy, Avto yig'indi tugmasini bosish yoki ALTQq. Kataklar ustida joylashgan formulalarga ahamiyat berish kerak. Avvalgi ma'ruzalarda aytilgan hamma operatsiyalar berilganlar katagi ustida bajariladi (nusxalashtirish, uzatish, formatlashtirish va boshqalar). EXCEL hujjatini chop etish: Shuni aytish kerakki, asosiy chop etish jarayoni WORD hujjatini chop etishga o'xshaydi. EXCEL hujjatini chop etishning o'ziga xos xususiyatlari haqida ham gapirish foydalidir. 2. Ro'yxatdagi ma'lumotlarni tashkil qilish va tekshirish Ro'yxat o'xshash ma'lumotlardan iborat ishchi varag'idagi ketma-ketlikdir. Masalan, firma mijozlari telefon nomerlari yoki hisob raqamlari yozilgan ketma-ketlik. Ushbu mashg'ulotda ko'plab ro'yxatlarni o'quvchilarning o'zlaridan ham foydalanib keltirish mumkin. Bu ro'yxatlar ma'lumotlar bazasi bo'lib ham xizmat qiladi. Masalan, agar o'quvchilar telefon nomerlarini tuzgan bo'lsalar, familiyalar ustuni, yozuvlar maydoni, telefon nomeri, yozuv, ustunlar belgisi (metka) maydon nomi desa bo'ladi. Ro'yxatlar ustida quyidagi amallarni o'tkazish mumkin: - izlash; - saralash; - yakunlash; - ro'yxatdagi ma'lumotlarni filtrlash. Bu erda shuni ta'kidlash lozimki, EXCEL bu amallarni bajarayotganida, ro'yxatni ma'lumotlar bazasi sifatida tushunadi. Ro'yxat bilan ishlash izlash, saralash va turli ma'lumotlar bilan ishlashni birmuncha engillashtiradi. Ro'yxat bilan ishlashni tashkil etish. Ma'lumotlar formasi yordamida ro'yxatlarni kiritish (o'quvchilarning o'zlari tuzgan telefon ro'yxati asosida bo'lsa yaxshi bo'lardi). Ma'lumotlar formasi (Ma'lumotlar menyusidagi forma buyrug'i) ro'yxatdagi yozuvni osonlik bilan ko'rish, unga qo'shimchalar kiritish va shu bilan birga ma'lum belgi bilan yozuvni qidirish imkonini beradi. Mazkur buyruqlarni bajarish davomida ekranda ma'lumotlar formasining muloqot oynasi chiqadi. Ma'lumotlar esa ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.04 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.04 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: doc