Microsoft Excel dasturida ishlash

Microsoft Excel dasturida ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Microsoft Excel dasturida ishlash - rasmi

Material tavsifi

Reja: Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari. Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi. Yacheykalar, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy usullari. Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni yechishda qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo'lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo'ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko'rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo'lishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo'ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o'z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yo'qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hoka'zolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko'rgazmaliroq ko'rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o'zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko'rish mumkin. 2. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari. 1. Microsoft Excel ishchi joyini tasvirlash. Ish joyining asosiy elementlari: - Sarlavha paneli - hujjat nomidan iborat bo'lib, tepadan birinchi panel. Sarlavha panelida hujjatning sistemali menyusi tugmasi va uni boshqarish tugmalari mavjud; - menyular satri - ikkinchi yo'lak menyular ro'yxatidan iborat bo'lib, ularning har biri shaxsiy menyusiga ega. Menyuni tanlash - sichqoncha kursorini menyular satridagi menyu nomiga joylab, chap tugmasi bosiladi. Rasm. Microsoft Excel jadval muharririning oynasi. Har bir menyu vazifalarining tavsifi: - Fayl menyusi - hujjatlarni hosil qilish, ochish, saqlash va chop etish, Excel dan chiqish; - Taxrir menyusi - diapazondan voz kechish, o'chirish, nusxa olish, joylash, izlash, almashtirish buyruqlari; - Ko'rinish menyusi - hujjatlarni namoyish etish, uskunalar paneli va hujjat tasvirining masshtabini sozlash; - O'rnatish menyusi - hujjatga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga