Microsoft Excel elektron jadvali

Microsoft Excel elektron jadvali

O'quvchilarga / Informatika va AT
Microsoft Excel elektron jadvali - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Excel dasturini ishga tushirish va unda ishlash 2. Exsel menyusi 3. Exsel da jadvallar tuzish 4. Exsel da formulalar va funksiyalar bilan ishlash Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo'lgan ma'lumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng ko'llamli masalalarni echishda qo'llaniladigan o'ta qulay vosita hisoblanadi. 1.Excel dastursini ishga tushirish va unda ishlash Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo'lib, u Windows operasion tizimi boshqaruvida ma'lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo'ljallangan. Excel da tayyorlangan xar bir xujjat (ma'lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo'ladi. Excel da odatda bunday fayl Ish kitobi (Rabochaya kniga)(Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excel ning asosiy ish soxasi bu Ishchi kitobi bo'lib, u bir yoki bir nechta(boshlang'ich xolatda 16 ta bo'lishi mumkin) ishchi varaqlardan (list- Sheet) tashkil topgan bo'ladi. Har bir .xls kengaytmali faylda 1 dan to 255 elektron jadval joylasha oladi. Excelda Elektron jadval 256 lotin ustun (columns) va 16384 satr (Row)dan iborat bo'lib, kompyuter xotirasiga joylashadi. Ustunlar lotin alifbosi xarflari bilan(A,B,,Z,AA,IV), satrlar esa 1 dan 16384 gacha sonlar bilan belgilanadi. Ustun kengligini va qator balandligini o'zgartirish mumkin Ustun va satrlar kesishuvidan Elektron jadvalning Struktura elementi bo'lmish katak (yacheyka) hosil bo'ladi. Кatak-bu ishchi jadvaldagi adresli element bo'lib unda sonli qiymat, matn va formula turishi mumkin.Кatak o'z adresi bilan aniqlangan bo'lib, u adres ustun nomi va satr nomeridan iborat bo'ladi. Maydon deb yonma-yon joylashgan kataklar guruhiga aytiladi. Maydonning adresini ko'rsatish uchun uning yuqori chap va pastki o'ng kataklarining adresini ikki nuqta bilan ajratib ko'rsatish kerak Ana shu kataklarga matn yoki raqam , yoxud matematik formulalar yoziladi. Masalan: A1,C4, C24, AA2 Bundan tashqari, Excel dasturi ma'lumotlar ombori (MO) bilan ishlash, Visual Basic for Applications dasturlash tilida Makroslar yaratish kabi imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bo'lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi. Excel dasturini ishga yuklash jarayoni quyidagicha: 1. Кompyuter yoqiladi. Ekranda muloqat oynasi paydo bo'lib, foydalanuvchi ismi va paroli so'ralsa, ular kiritilib «Enter» tugmasi bosiladi. 2. «Sichqoncha» ko'rsatkichi ekranning quyi qismida joylashgan Pusk (Start) tugmasiga keltirilib, chap tugmasi bosiladi. 3. «Sichqoncha» ko'rsatkichi «Programmo'» bandiga keltiriladi va tugmacha bosiladi.(1-rasm) 4. Dasturlar ro'yxatidan Microsoft Excel tanlanadi va «Sichqoncha» tugmasi bosiladi, natijada dasturning ishga tushish jarayoni boshlanib, Excel ning ish maydoni ekranda paydo bo'ladi.(2-rasm) Excel oynasi quyidagi asosiy elementlardan iborat: Exsel oynasining sarlavxasi - Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur «Pusk» menyusi qatorida paydo bo'ladi. - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.56 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.56 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga