MICROSOFT EXCEL imkoniyatlari Reja: Microsoft Excel formulalari Ro'yxat bilan ishlash MICROSOFT EXCEL formulalari Formula ishchi varagida ma'lumotlarni qayta ishlashning muhim vositasidir. Formula yozishning qoidasi. Formulaga quyidagi elementlar yozilishi mumkin: operatorlar, vazifalarning nomlari, katakcha. Formula yozish har doim = belgi bilan boshlanadi, keyin formulalarning boshqa elementlari yoziladi. Masalan, : = SUMM (A1, A2) - ikki A1 va A2 - katakchaning yig'indisini topish kerak bo'lsin. Takidlash kerakki, vazifaning argumentlari har doim doiraviy qavslarda joylashadi, ularni ajratish uchun esa , dan foydalaniladi. Boshqa yozuv ham bo'lish mumkin, masalan = A1 = A2. Esda tuting: katakchalar nomlarni yozish faqat lotin alfavitining harflari bilan bajariladi. Formula yozishda ishlatiladigan belgilar: + - yig'indi, - - ayirma, - bo'linma, * - ko'paytma. Formulalarga misollar: = (V1+A11)*D6+106 yoki = PROIZVYeD (D11, U3)+34, 5. Birinchi holda ko'paytma uchun operator belgisi * ishlatiladi, ikkinchi holda ko'paytmani joylashtirish uchun PROIZVYeD vazifasi ishlatiladi. Vazifaning nomi har doim harflar bilan belgilanadi. Formulada argumentlar sifatida ishlatiluvchi kataklarda berilgan qiymatlarni o'zgarishi manoning o'zgarishiga olib keladi. Misol uchun, katakchalar yig'indisini olish uchun argumentlar joylashgan katakchalarni nusxalash, yig'indining natijasi uchun yana bir bo'sh joy ajratish, Avtoyig'indi tugmasini bosish yoki ALT+= tugmalarini bosish bilan hosil qilish mumkin. Formulalarni qo'llash Katakchalarga yoziladigan qiymatlarni formula orqali berish uchun uskunlar panelidagi tugmasini yoki «Vstavka» menyusidan «Funksiya» buyrugini berish, hosil bo'lgan oyna (12.2-rasm) ichidagi ro'yxatdan berilgan vazifaga mos formulani va formula uchun kerakli argumentlarni ko'rsatish lozim. 12.2-rasm. Formula tanlash oynasi. Aytaylik, katakchaga talabaning o'zlashtirishi haqida ma'lumot kiritish formulasini berish kerak bo'lsin. Buning uchun avval talabaning to'plagan ballini tekshirish, agar ball 55 balldan yuqori bo'lsa, u «o'zlashtirgan» va talaba balli 55 balldan past bo'lsa u «o'zlashtirmagan» qiymatini katakchaga yozish talab qilinadi. Buning uchun quyidagi formuladan (12.3-rasm) foydalanamiz: =YeSLI(D555;O'zlashtirdi;O'zlashtirmadi) 12.3-rasm. Barcha talabalarning kolgan katakchalarga ham ushbu formulani berish uchun katakcha nusxasini ustunning pastki kataklariga ham ko'chirish kerak (buning uchun sichqonchadan ham foydalanish mumkin: katakchani ajrating va sichqoncha ko'rsatkichini katakchaning pastki o'ng qismiga olib keling. Ko'rsatkich qora rangli «+» belgisiga aylangach, chap tugmani bosgan holda pastga torting). Shunday qilib, barcha vazifalarga formulalarni berish mumkin. Umuman, EXCELning hozirgi laxjalari deyarli barcha vazifalarni hal qilish imkoniga ega. Oddiy avtomatlashtirilgan hujjat tuzish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish uchun quyidagi amaliy mashg'ulotlar taklif qilinadi: 1 - mashg'ulot. a) yangi ish kitobini tuzish; b) hujjat nomi bilan uni saqlash; v) hujjatning ish kitobidagi bir varaqqa nom berish - kechagi xarajatlar; g) ish varagida A2 dan S10 gacha katakdan oraliq ajratish; d) ramkani o'rnatish - to'r; e) jadvalning birinchi qatoriga ustunlar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.29 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.29 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx