Microsoft office dasturlar paketi va uning imkoniyatlari Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi xar bir masalani yechishda, xujjatlarni taxrirlashda, setlarda ishlashda unimli foydalanishi mumkin. Ofisdan foydalangan foydalanuvchi ekranni o'z xoxishi buyicha o'zgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, yangi «yarlk»lar tuzishi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qo'shimcha kompyuter ko'rilmalarini o'rnatishi va xakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda kompyuter ishini o'z xoxishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qo'shimcha ko'rilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft firmasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun kupgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar paketini ham ishlab chiqarishgan. Ko'pgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar tuplamini chalkashtirishadi. Tug'ri bu ikkala dasturlarni ham Microsoft firmasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga o'rnatishga muljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-200, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokozo. Office dastur paketini esa quyidagi versiyalari mavjud; Office-95, Office-96, Office-97, Office-200, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar paketini shaxsiy kompyuterga o'rnatish uchun avvalom bor kompyuterda Windows operatsion tizimi o'rnatilgan bo'lishi, so'ng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16Mbt bo'lishi va qattiq diskda kamida 250 Mbtdan - 700Mbtgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) bo'sh joy bo'lishi lozim. Office-2003 dasturlar paketiga quyidagi dasturlar kiradi: MS WORD- har xil ko'rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga muljallangan matn muxxarri. MS EXCEL- har ko'rinishdagi hisob-kitobli ma'lumotlar bilan ishlashga muljallangan elektron jadvalli dastur. MS POWERPOINT- ma'lumotlarni taqdimot, reklama qilishga muljallangan taqdimot dasturi. MS ACCESS- ma'lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga muljallangan dastur. MS PUBLISHER- xar xil tipdagi noshirlik ishlarini bajarishga muljallangan muxarrir dastur. MS OUTLOOK- elekton pachtadan foydalanishga muljallangan dastur va xakazo. Office dasturlar paketini o'rnatishda yuqorida ko'rsatilgan dasturlarni tanlash orqali, ya'ni keraklisini o'rnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin. Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo'ljallangan amaliy dasturlardan biri. Uni ishga tushirish uchun biz Пуск menyusiga kirib Программы bo'limni tanlaymiz va shu bo'limda Microsoft Word dasturni tanlaymiz, yoki С: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Office papka ichidagi winword.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko'rasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, ish sohasi va malumotlar satri. Nom satrida aktiv bo'lgan dokumentning nomi yoziladi, agar aktiv dokument yangi yaratilgan bo'lsa u holda uning nomi Документ 1 ko'rinishida bo'ladi. Nom satri pastida menyu satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
466.75 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
466.75 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: pptx