Reja: Microsoft Word matn muharini yuklash. Xujjatlarning asosiy parametrlari. Xujjatlarni vujudga keltirish. Xujjatlarni tahrir qilish. Xujjatlarda rasmlar va jadvallar bilan ishlash. Xujjatlarda diagramma va grafiklarni joylashtirish. 1.WORD matn muharini yuklash Microsoft Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Xar bir hujjat oyna deb ataladigan maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xoxishiga qarab belgilab oladi. Microsoft Word matn protsessorining hozircha o'zbek tilidagi varianti mavjud emas. Shu bois uning ba'zi buyruq va ko'rsatmalarining o'zbek tilidagi ifodasi bilan birga qavs ichida rus tilidagi ifodasini berib borishni lozim topdik.Microsoft Word ishga tushirilganda ekranda uning ishchi maydoni va boshqarish pan-eli hosil bo'ladi. Boshqarish paneli odatda sarlovha satri, menyu satri va uskunalar panelidan iborat. Uskunalar panelida uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo'lib ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik yaratadi. Sarlovhalar satrida ishlanayotgan hujjatning nomi aks etadi. Menyular satri quyidagilardan iborat: fayl menyusi; to'g'rilash (правка); ko'rinish (вид); joylashtirish (вставка); format; servis; jadval (таблица); oyna (окно); ma'lumot (справка). Mazkur menyular hujjatlar tayyorlashda muxim axamiyatga ega. Endi har bir menyuning asosiy buyruqlari bilan tanishib chiqamiz. Fayl menyusi quyidagi amallarni bajaradi: ochish (открўть); hosil qilish (создать); saqlash (сохранить); kabi saqlash (сохранить как); hujjatlarni chop etish (печать); Word dan chiqish (вўход). To'g'rilash menyusi quyidagi amallarni bajaradi: bekor qilish yo'qotish nusxalash; joylashtirish; matnni izlash va almashtirish; boshqa matnga o'tish. Ko'rinish menyusi quyidagi amallarni bajaradi: hujjatni ko'rish rejimini tanlash buyruqlari; uskunalar paneli; hujjat matni tasvirining masshtabini sozlash. Joylashtirish menyusi quyidagi amallarni bajaradi: turli ko'rinishdagi matnlar va grafik tasvirlarni hujjat matni ichiga joylashtirish. Format menyusi quyidagi amallarni bajaradi: matnlarni formatlash; grafiklarni formatlash (ularning rangi va o'lchovini o'zgartirish). Servis menyusi quyidagi amallarni bajaradi: hujatlarni tekshirish; Word dasturlarini sozlash. Jadval menyusi quyidagi amallarni bajaradi: jadvallarni hosil qilish; to'g'rilash; formatlash. Oyna menyusi quyidagi amallarni bajaradi: ochiq hujjatlar oynasini tartibga keltirish; kerakli oynani hujjatda ishlatish. Ma'lumot menyusi quyidagi amallarni bajaradi: Word dasturi bilan ishlashga doir ma'lumotlarni olishga xizmat qiladi. Word matn protsessorida bir nechta uskunalar paneli bo'lib, asosan ikkita - standart va format uskunalar paneli ko'p qo'llaniladi. (1- qator:Standart uskunalar paneli, 2- qator:Format uskunalar paneli) Uskunalar panelida maxsus tugmalar joylashgan bo'lib, ular Word menyusidagi ak-sariyat buyruqlarga mos amallarni bajarish uchun mo'ljallangan. Bu tugmalar ustiga chizilgan rasmlar ular bajaradigan amallarni ko'rsatib turadi. Masalan, tugma ustiga disketa rasmi chizilgan. U hosil qilingan matnni diskka yozishni bildiradi. tugma ustiga chizilgan printer rasmi bu tugma matnni chop etish uchun mo'ljallanganini anglatadi. 2. Xujjatlarning asosiy parametrlari. Hayotimizni turli tuman hujjatlarsiz tasavvur qilish qiyin. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
884.53 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
884.53 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:10 ]
Arxiv ichida: doc