Mikroprotsessor - rasmi

Material tavsifi

Mikroprotsessor Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo'lib, u ma'lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi. Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi Xotira. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko'p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar. Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo'lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kompyuter o'chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo'q bo'lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o'chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Mikroprocessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), - dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funkcional tugallangan qurilma bo'lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko'rinishda tayyorlangan. Mikroprocessor quyidagi vazifalarni bajaradi: asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o'qish va deshifrlash (ochish); ma'lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining registrlaridan o'qish; so'rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko'rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash; ma'lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK, adapterlarining registrlariga yozish; SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish. Mikroprocessor qiymatlar shinasining razryaoliligi SHK ning razryadliligani aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres kengligini aniqlaydi. Adres kengligi - bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo'lib, u bevosita mikroprocessor tomonidan adreslanishi mumkin. Birinchi MP 4004 mikroprocessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprocessorlar chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o'xshash firmalarning mikroprocessorlaridir. Barcha mikroprocessorlarni 3 ta gURO'hga bo'lish mumkin: - CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to'liq to'plamli buyruqlar tizimi bilan MP; - RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to'plamli buyruqlar tizimi bilan MP; - MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to'plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi). - SL va ayniqsa SLE еnergiyani tejaydigan, ixcham SHK da (Lap Top, Notebook) ishlatishga mo'ljallangan. 80486DX - bu MP 80486 ning boshlang'ich versiyasidir. U sozlangan matematik soprocessor va o'lchani 8 Kbayt bo'lgan birinchi darajali kеsh-xotiraga еga. Uning uchun maksimal chastota - 50 MGc; chastotani yanada ortgarish u vaqtda MP uchun ma'noga еga еmas еdi, chunki ko'pchilik tizimli platalar bunday tezliklarda ishlay olmas еdilar. 486SX modeli DX ga o'xshash, lekin unda soprocessor bloklangan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 418.36 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:11 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 418.36 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga