Mikroprotsessorlarni sinflash Reja: MPlarni ishlatiladigan urn iva boshqa kataliklari bo'yicha sinflash mumkin Mikroprotsessorlarning yaratilish texnologiyalari, bo'yicha siniflash. Mikroprotsesorlar va hisoblash texnikasining vositalarini elementlarini shartli xarfiy belgilanishi. Mikroprotsessorlar bir qancha parametrlarini soni va sifati bilan tavsiflanadi. Mikroprotsessorlarni bir qancha variantda sinflash mumkin. 1.Rivojlanish darajasi, parametirlari bo'yicha. 2.Yaratilish texnologiyalari bo'yicha. 3.Ishlatish o'rni va kataliklar bo'yicha. 1.2.1 Mikropratsiskrlarni rivojlanish darajasi, parametirlari bo'yicha siniflash. Mikroprotsessorlarni hozirgi rivojlanish darajasini yoki MP sinflashni quyidagi jadval ko'rinishida keltirish mumkin. (1 - jadval) MPlarni ishlatiladigan urn iva boshqa kataliklari bo'yicha sinflash mumkin: 1.Ishlatiladigan o'rni bo'yicha (universal va maxsus MP bo'ladi). 2.Kirish xabarlarining ko'rinishi bo'yicha, ularni qayta ishlashi bo'yicha (uzlukli va uzluksiz xabarlar). Z.Vaqt bo'yicha ishlashini tashkil etish tavsifi bo'yicha (sinxronli va asinxronli). 4.MP komplektida KISlarning soni bo'yicha. 5.MP tuzilishini tashkil etish bo'yicha (bitta magistralli va ko'p magistralli). b.Bajarilayotgan programmalarning soni bo'yicha (bitta programmali va ko'p programmali). Mikroprotsessorlar uchun yana ushbu sifatlar va kattaliklar muhimdir: korpusining turi; sinxronizatsiyalashga qo'yiladigan talab; quvvatining tarqalishi (sarf bo'lishi); harorat oralig'i; razryadligini yashirish (maskalash) mumkinchiligi; buyruklarni bajarish davri; xabarlarning kattaligi (amplitudasi); halakitlardan himoyalanganligi; yuklamachilik qobiliyati; chiqishlaridagi xabarlarni biriktirishi; mustahkamligi; doimiyligi; va tunga o'xshash. MPni funksional qurilmadek tasavvur etish uchun buyruk va kattaliklarni qayta ishlash formatini tavsiflash, buyruklarning egiluvchanligini (moslashuvchanligini) va turlarining sonini, kattaliklarni adreslash usullarini, stekni tashkil etish va ad reslash kerakdir. MP komplektida KISlarning soni bo'yicha bitta kristalli va ko'p kristalli MPga bo'linadi. Bitta kristalli MP - apparatlarini vositalari bitta KIS yoki juda katta integral sxemalar ko'rinishida tayyorlanadi. Ko'p kristalli MP olish uchun uning logik tuzilishini funksional tutallangan qismlarga bo'lib chiqish va ularni KIS ko'rinishida tayyorlash kerak. 2.a - rasmda uchta kristalli MP yaratishda protsessorning funksional bo'linishining tuzilishi ko'rsatilgan (uzuk chiziqlar). Bu ko'p kristalli MP amallar protsessorining (AP) KIS, boshqaruvchi protsessorini (BP) KIS, interfeysli protsessorini (IP) KISlarini o'z ichiga oladi. Amallar protsessori berilganlarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Boshqaruvchi protsessorlar tanlash, dekodlash va operandlarning adreslarini hisoblash hamda mikrokomandalarning ketma - ketligini ishlab chiqadi. Interfeys protsessori xotira va tashqi (periferiya) vositalarini MP ulashga imkon beradi hamda to'g'ridan - to'g'ri murojaat qilish (kirish) kanalining vazifasini bajaradi. a) b) 2-rasm. a) protsessorlarningg funksional tuzilishi b) protsessorning MP KIS seksiyali komplekti ko'rinishida ishlatish uchun bo'linishi Bu yerda BP - boshqaruvchi protsessor AP - amallar protsessori IP - interfeys protsessori Ko'p kristalli seksiyali MP shunday paytda tashkil bo'ladiki, qachonki logik tuzilgan protsessorning qismlari vertikal va gorizontal tekislik bo'ylab funksional bo'linib KIS ko'rinishida ishlatilsa (2.b -rasm). Ko'p razryadli MP qurish uchun MP KIS seksiyalarini yondosh ulanganda ularga ulaydigan vosita ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.87 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.87 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:11 ]
Arxiv ichida: doc