Mikroprotsessorni paydo bo'lish sabablari

Mikroprotsessorni paydo bo'lish sabablari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Mikroprotsessorni paydo bo'lish sabablari - rasmi

Material tavsifi

Mikroprotsessorni paydo bo'lish sabablari,rivojlanish tarixi Reja: Mikroprotsessor nima 80386 Mikroprotsessori Arifmetik mantikiy qurilma Mikroprotsessorning interfeysli kismi. boshqarish registrlari. Otladka registrlar. EHMni MP asosida qurganimizda EHM bahosi avvalgi qurilgan EHMga nisbatan 100-100 marta, o'lchov kattaliklari esa (2 -3)*100 marta kamayadi. MP qo'llash o'lchagich qurilmalarni intellektual qurilmalarga aylantiradi. Bu qurilmalar o'lchanayotgan ma'lumotlarni kerakli bo'lgan darajada matematik qayta ishlov o'tkazishga qodirdir, hamda ularni insonga qulay bo'lgan ko'rinishda chiqarib beradilar. O'lchagich qurilmalar ma'lumotlarni o'lchagich sistema bilan bog'lanmagan ko'rinishda bajaradigan bo'lsa, MP ma'lumotlarni to'liq (kompleks) qayta ishlashni ta'minlaydi. Agarda MP ma'lumotlarni o'lchagich sistemasining bitta zvenosi sifatida bo'lsa, MP ma'lumotlarni to'liq qayta ishlashi mumkin yoki bir qismini qayta ishlab, to'liq hisoblash masalasini ma'lumotlarni o'lchagich sistemasiga qoldiradi. MP o'lchanayotgan kattaliklarni matematik qayta ishlashdan tashqari asboblarning kerakli elementlarini ulaydigan (uzadigan), buyruq, xabarlarini qabul qiladigan, chiqishdagi kattaliklarni uzatadigan va shunga o'xshash boshqaruvchi qurilmalar vazifasini xam bajaradi. ma'lumotlarni o'lchagich texnikasida, telemexanikada, teleboshqarish va telerostlash sistemalarida elektrik va noelektrik bo'lgan kattaliklarni o'lchaganda MP quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: O'lchash chegaralarini avtomatik ravishda belgilash, additiv va multiplikativ xatoliklarni tuzatish; O'zgaruvchan va o'zgarmas toklarni taqqoslovchi qurilmalar da tenglash jarayonini avtomatik ravishda boshqarish; Qiymatlarni birlamchi qayta ishlash, eng katta qiymatdan o'zgarishini aniqlash, chegara shartlariga yaqinlashish vaqtlarini (nuqtalarini) aniqlash, maksimum - minimum (eng katta yoki eng kichik) nisbatlarini hisoblash, doimiy qiymatlarga ko'paytirish va bo'lish; Statik qiymatlarni qayta ishlashda aniq vaqt oralig'ida tekshirilayotgan kattaliklarning o'rtacha qiymatini aniqlash; variatsiyalarni, dispertsiyalarni, o'rtacha kvadrat qiymat va boshqalarni hisoblash; Qilinayotgan sarflarni hisoblash, termoelementlarning nochiziqli tavsifini hisobga olgan holda ularning haroratini hamda atrofmuhit haroratini aniqlash; Qurilmalarning funksional tugunlarini (uzellarini) diagnostika qilish, o'lchash o'tkazishdan ilgari murakkab qurilmalarning asosiy tugunlarini ishchanli ishlashini, yoki ishlamayotganini aniqlab, ularni test orqali qayd etuvchi qurilmaga chiqarib berish; Alohida vazifani bajarayotgan o'lchovchi o'zgartirgich tugunining ishlashini boshqarish, jumladan, uzluksiz raqamli o'zgartirgich (URO') va boshqalarning ishlashini; Berilgan programma asosida tashqi va qo'shimcha bloklar bilan birgalikda o'lchash jarayonini butkul boshqarish; Telemexanika qurilmalarida oddiy va himoyalangan koddarni tashkil etishda, ularni tekirishda, ma'lumotli va hal qiluvchi teskari ulashlarni tashkil etishda; 10. Programma asosida ishlaydigan, soddalashgan TM sistemasini qurishda va shunga o'xshash hollarda. MIKROPROTsYeSSOR NIMA? MP - bu funksional tutallangan, programma orqali boshqariladigan qurilmadir. MP arifmetik logik qurilmadan, boshqaruvchi qurilmadan, ichki registrlar va interfeys vositalaridan (ALQ, BQ, registrlarni bir -biri bilan va tashqi apparatlar bilan bog'laydigan shinalardan) tuzilgan. MP elektron elementlari yuqori integratsiyalangan bitta yoki bir qancha integral sxemada tayyorlangan qurilmadir. MP tanlangan qator buyruqlar yordamida ma'lumotlarni arifmetik logik qayta ishlashini amalga oshiradi, xotira qurilmasiga kirish - chiqish va boshqa tashqi qurilmalarga murojaat qiladi (1 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.1 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.1 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga