Mintaqaviy va global kompyuter tarmog'i va uni himoyalash

Mintaqaviy va global kompyuter tarmog'i va uni himoyalash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Mintaqaviy va global kompyuter tarmog'i va uni himoyalash - rasmi

Material tavsifi

Mintaqaviy va global kompyuter tarmog'i va uni himoyalash 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 29-mavzu O'tgan asrning 50-yillarida ishlab chiqilgan kompyuterlar qimmatbaho va chekli miqdorda bo'lib, ular o'ta muhim vazifalarni bajarish uchungina xizmat qilar edi. Keyinchalik arzon va yuqori samarali protsessorlarning paydo bo'lishi bilan kompyuterlar tizimi vujudga kela boshladi va ular lokal kompyuter tarmoqlari (LKT) (inglizcha - LAN Local Area Network) deb nomlandi. Korxona va tashkilotga tegishli bo'lgan lokal kompyuter tarmog'i shahar yoki viloyat miqyosida foydalanuvchilar uchun hamkorlikda aloqa o'rnatish imkonini bermaydi. MKTga misol sifatida respublikamizdagi bank va soliq sohasidagi yagona avtomatlashtirilgan tizimlari, shaharlardagi dorixonalaming ma'lumot beruvchi kompyuter tizimlarini keltirishimiz mumkin. Masofaviy kompyuterlar telefon tarmoqlari orqali modem vositasida bog'lanadi. Natijada foydalanuvchilar yuqori unumdorli superkompyuterlar orqali o'zlari uchun ajratilgan resurslarga kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Modem - telefon stansiyalari vositasida kompyuterdagi axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun ikkilik sanoq tizimidagi ma'lumotlarni elektr signalariga aylantirish va asliga qaytarish vazifasini o'taydi. Bir necha 10 kilometrli masofalarda LKTdan ma'lumot jo'natish uchun tezligi 100 bits va tashqi muhit ta'sir etmaydigan koaksial kabellar ishlatiladi. Koaksial kabellar Hozirgi paytda keng qo'llanilayotgan optik tolali kabellar nur o'tkazuvchanlik xususiyati bilan farqlanadi. Optik tolali kabellarda plastmassa yoki kremniydan yasalgan tolalar nur o'tkazmaydigan tashqi qobiq bilan o'ralgan bo'ladi. Optik tolali kabellar Intemet Protokol (IP) - to'rlararo munosabatni tartibga soladi va aloqa uzatishda yagona muloqot tili standartini aniqlaydi. IP адрес - Intemet tizimiga ulangan har bir kompyuter uchun belgilangan 32 bitli takrorlanmas manzil. Simple Mail Transfer Protocol (SMTP) - Intemet tizimida pochta uzati- lish me'yorlarini tartibga soluvchi protokol. User Datagram Protocol (UDP) - qabulini tasdiqlamagan holatda ma'lumot paketlarini jo'natishni tashkil qiladi. Transmission Control Protocol (TCP) - virtual bog'lanishlarni hosil qilib, axborotlarni kerakli manzilga aniq yetib borishini ta'minlovchi protokol. Telnet - Intemet tizimidagi ixtiyoriy kompyuter bilan ishlash imkonini yaratadi. TCPIP protokollari turli parametrlar bilan xarakterlanadi, ularni bilish Internet tizimidagi bog'lanishlarda bo'lishi mumkin bo'lgan nosozliklardan himoyalash muhimdir. Kriptologiya fani kriptografiya va kriptotahlil tarkibiy qismlaridan tashkil topgan. Kriptografiya boshlang'ich matnni yashirish, ya'ni shifrlash orqali maxfiy ko'rinishga keltirish, (shifrogrammalar hosil qilish) usullari bilan shug'ulla- nadi. Kriptotahlil maxfiy ma'lumotlarni ruxsat etilmagan vaziyatlarda ham ochish imkoniyatlarini, boshqacha qilib aytganda, deshifrogrammalar olish usullarini o'rganadi. 1550-yilda o'quvchilarga kub tenglamani yechish yo'lini birinchi bo'lib aniqlagan italyan matematigi Djerolamo Kardano De subtilitate libri xxi risolasida trafaret deb nomlangan shifrlash usulini e'lon qildi. Djerolamo Kardano (1501-1576 yillar) Yuqorida keltirilgan shifrlash usullari uchun kalit lokal tarmoq kompyuter tizimidagi faqatgina uzatuvchi va qabul qiluvchining o'zlarigagina ma'lum bo'lishi talab etiladi. Aks holda ma'lumotning maxfiyligini saqlash ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.71 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:11 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.71 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga