Reja: Moduli dasturlash tushunchasi. Excel elektron jadvali yordamida masala yechish. Matcad dasturiy vositasi va undan turli masalalarni yechishda foydalanish. Ishchi algoritmlar bo'yicha dastur tuzish. MODULI DASTURLASH TUSHUNCHASI Modulli dasturlashning asosiy tamoyili «Bo'l va hukmronlik qil». Modulli dasturlash dasturni modul deb ataluvchi, tarkibi va ishlatilishi ma'lum qoidalarga bo'ysunuvchi, o'zaro bog'liq bo'lmagan, kattamas bo'laklarga bo'lib hosil qilishni bildiradi. «Modul» so'zini dasturlash tillarining sintaksis konstruktsiyasi (Turbo Paskalda unit) va katta dasturni alohida bo'laklarga bo'lish birligi (protsedura yoki funksiyalar ko'rinishida amalga oshirish nazarda tutilayapti) nazarda tutilgandagi ishlatilishlar o'rtasidagi farqlanishlarni ajrata bilish kerak. Modulli dasturlashdan foydalanish dasturni testdan o'tkazish va xatolarni topishni engillashtiradi. U, yoki bu dasturlash tili asosida u ishlatilayotgan dasturlar xususiyatiga sezilarli ta'sir etuvchi qandaydir rahbar g'oya yotadi. Dasturlarni protsedurali tasniflash g'oyasi tarixan birinchi shunday g'oya bo'ldi, unga ko'ra dasturchi o'z dasturiga qanday protseduralarni kiritishni hal qilishi va shundan keyin bu protseduralarni hal qilish uchun eng yaxshi algoritmlarni tanlab olishi kerak edi. Bu g'oyaning paydo bo'lishi hisoblash jarayonlarining algoritmik tomonlarini etarli darajada o'rganmaslik natijasi bo'ldi. G'oya kamchiliklari - qirqinchi-elliginchi yillarda ishlab chiqilgan dastlabki dastur mahsulotlariga xos. Fortran-protsedurali-yo'naltirilgan birinchi tilga tipik misol bo'la oladi (bu til hali ham keng ishlatiladigan tillardan biri). Dasturlarni protsedurali tasniflash g'oyasining keyingi ishlatilishlari, dastur «binosi» ni qurishda gisht vazifasini o'tovchi, nisbatan katta bo'lmagan protseduralar to'plamiga ega bo'lgan keng dasturlash kutubxonasini yaratishga olib keldi. Hisoblash matematikasi sohasidagi yutuqlar natijasida, dasturlashda urgu protseduralardan ma'lumotlarni tashkil qilishga berila boshlandi. Murakkab dasturlarni samarali ishlab chiqish ma'lumotlarni to'g'ri ishlatishning nazorat usullariga muhtoj ekanligi ma'lum bo'ldi. Nazorat kompilyatsiya bosqichida ham, dasturni o'tkazish bosqichida ham o'tkazilishi kerak, aks holda, amaliyotda isbot qilingani kabi, yirik dastur loyihalarini yaratishda qiyinchiliklar keskin oshadi. Bu muammoning oydinlashuvi ma'lumot tiplarining ozmi-ko'pmi rivojlangan tasnifiga ega, Algol 60, keyinchalik Paskal, Modula, Si va boshqa ko'plab tillarning yaratilishiga olib keldi. Ma'lumotlarni va protseduralarni modul ichiga «yashirish»ga intilish bilan strukturali dasturlar ishlab chiqishga modulli yondoshish, bu yo'nalish rivojlanishining mantiqiy natijasi bo'ldi. EXCEL ELEKTRON JADVALI YORDAMIDA MASALA yechish Microsoft Excel - universal jadval muharriri bo'lib, unda jadvallar kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu jadval muharririda boshqa formatda yaratilgan fayllarni import qilish imkoni berilishi bilan bir katorda o'zida yaratilgan jadvallarni Office ning boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko'rinishida va boshqa ko'rinishlarga eksport qilish imkoni ham berilgan. Jadvallar tayyorlashda qulayliklari juda katta bo'lgan zamonaviy dasturlardan biri Microsoft Excelda tayyorlanadigan jadvalda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplar va xoka'zolarni kuyish imkonini berilishi bilan birga ko'pgina tayyor formulalar orqali kerakli hisob-kitoblarni amalga oshirish qulaylik lari berilgan. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
318.22 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
318.22 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:12 ]
Arxiv ichida: doc