Moliyaviy operatsiyalar. Savdo va uning turlari Reja: Moliyaviy operatsiyalar haqida tushuncha. Savdo ko'rinishlari. Tayanch so'z iboralari: mahsulot, sugo'rta mahsuloti, bank mahsulotlari, kuchmas mulk, moliyaviy operatsiyalar, savdo turlari, mobil telefon. Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda turli xil savdo tijoratishlari o'sha mamlakatning iqtisodiyotini asosiy bo'g'ini hisoblanadi. XX-asr oxiriga kelib savdo tijoratning yangi yo'nalishi «elektron tijorat» jadallik bilan rivojlanib bordi va ayni kunda tijoratning elektron turlari ommalashib bormokda. Bunga misol sifatida Internet, Mobil aloqa biznesi, Interaktiv bizneslar, elektron to'lovlar va boshqalarni keltirish mumkin. Biznes tushunchasi tijorat tushinchasiga nisbatan kengrok manoni o'z ichiga kamrab oladi. Tijorat so'zi yani kommertsiya lotincha so'zdan olingan bo'lib savdo yani savdo operatsiyalari manosini anglatadi. Biznes savdodan tashqari bo'lgan barcha turlarni uziga sifatida biriktiradi. rasm. Biznes strukturasi Biznesning XX-asr oxirida kompyuterlashtirilishi ishning tez va unumli amalga oshishiga hamda samaradorlikni yuqori ko'rsatkichiga erishishiga olib keluvchi faktor bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy operatsiyalar Moliyaviy operatsiyalar (lot-operatio - amalga oshirmok so'zidan olingan ) deganda aniq qoidalar va ko'rsatmalar asosida yuz beradigan moliyaviy mahsulotlar muomilasiga aytiladi. Moliyaviy operatsiyalarning amalga oshirilishi bo'yicha moliyaviy mahsulotlar savdosi va ularga xizmat ko'rsatish turlari mavjud. Mahsulot (lot-prodaktus - ishlab chikarilgan )-inson mehnati samarasi, predmet, g'oyalar, ilmiy kashfiyotlarning uzida mujassamlashtiradi. mahsulot moliya bozorida o'zini moliyaviy mahsulot sifatida namoyon qiladi. Moliyaviy mahsulot murakkab mahsulot hisoblanib va o'zining tarkibiga bank mahsulotlari, sug'o'rta mahsulotlari, kuchmas mulk va boshqalarni oladi. Bank mahsulotlari-bu bank xizmatlarini xom-ashyoli rasmiylashtirilgan qismidir. (karta, omonat daftarchasi, qimmatbaho qog'ozlar, elektron xamyon va boshqalar). Bank mahsulotari quyidagi ko'rinishlarda : Valyuta bozorlarida ; Qimmatbaho metal bozorida va qimmatbaho tabiiy toshlar; Pul bozorida; Qimmat baho qog'oz bozori; Kredit bozorida sotish uchun mo'ljallangan bo'ladi; Bank mahsulotlari savdosi tijorat banklarida, kridit tashkilotlarida, birjalarda(valyuta, fond, fyucher) amalga oshiriladi. Sug'o'rta mahsuloti- bu rasmiy sug'o'rtalangan himoya muhiti hisoblanadi. Sug'o'rta mahsuloti tarkibiga sug'o'rta shartnomasi va sugo'rta guvoxnomasi(polis), yashil karta, pensiya shartnomalari kiradi. sugo'rta shartnomasi va sugo'rta guvoxnomasi, yashil karta. Jamiyat uning savdo predmeti hisoblanadi, pensiya shartnomasi esa nodavlat pensiya fondi savdo predmeti hisoblanadi. Kuchmas mulk- bu shunday hududki uning ostida jaylashgan tabiiy zaxiralar, (minerallar, suvlar), binolar va ularning jihozlari bilan birgalikda tushuniladi. KUchmas mulk qonunlariga ko'ra boshqa narsalar xam talukli bo'lishi mumkin(kvartiralar, tashkilotlar…). Savdo va uning turlari Savdo ikki ko'rinishda aks etadi: Savdo- bu mehnat taqsimoti jamoasining tizimlar zvenosi. Savdo- bu sotuvchi tovarning xaridaor puliga almashtirish jarayoni; Birinchi savdo formasi xaridar bilan sotuvchi, xaridar bilan sotuvchi va kassir o'rtasida to'g'ridan - to'g'ri shaxsiy aloqa asosiga kuriladi. Ikkinchi savdo formasi deyarli shaxsiy aloqadan xoli bo'lgan holda alohida vositachilik holatlariga asoslanadi(Internet tarmogi, telefon kompaniyasi…) ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.48 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.48 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:12 ]
Arxiv ichida: doc