11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 14-mavzu Mo'yqalam va qalam bilan ishlash PhotoShop foydalanuvchilari orasida fotograflar bilan birga dizaynerlar, rassomlar ham ko'p uchraydi. Ular uchun tayyor rasmlarni qayta ishlash bilan birga yangi tasvirlarni yaratish ham muhim. PhotoShopda chizish uskunalaridan Кисть (Mo'yqalam), Карандаш (Qalam) va Линия (Chiziq) mavjud bo'lib, ular yordamida mos ravishda chiziqlarni chizish, sohalarni bo'yash va tasvirga tayyor geometrik shakllarni kiritish mumkin. Mo'yqalam va qalam uskunalari uskunalar panelida bitta tugma ostiga joylangan. Bu tugma uskunalar panelining to'rtinchi qatori ikkinchi ustunida joylashgan. Uning ustiga sichqonchani olib kelib, o'ng tugmasini bossak, unga mos uskunalar ro'yxati chiqadi. Кисть (Mo'yqalam) uskunasini tanlaganimizda, parametrlar paneli quyidagi ko'rinishga o'tadi: A - Tayyor mo'yqalamlarni tanlash. B - Mo'yqalamning diametrini va ko'rinishini tanlaydi. C - Кисть (Mo'yqalam) palitrasini ekranga chaqiradi. D - Rasmdagi va mo'yqalam ranglarini aralashtirish tartibi (yigirmadan ortiq variantlar mavjud) E - Mo'yqalamda ehizilgan tasvirning shaffofmasligi (shaffoflik ortgan sari bo'yalgan soha ostidagi tasvir ko'proq ko'rinib turadi). G - Mo'yqalam tolalarining qattiqligi kamaygan sari bo'yalgan soha bo'yoq bilan qoplanishi foizi ortib boradi. H - bo'yoqni surkash tartibidan purkash tartibiga o'tkazadi (aerograf tar- tibi). Bu tugmalardan asosiylarini bilan tanishib chiqamiz: Mo'yqalamning parametrlarini o'rnatishda va u bilan ishlashda Кисть, (Mo'yqalam) palitrasidan foydalanish qulayroq. Uni parametrlar panelidagi C tugmasini bosib yoki boshqa palitralar kabi asosiy menyu orqali chaqirish mumkin. Bu palitraning ko'rinishi quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Bu palitra yordamida mo'yqalamlar to'plamini (A), mo'yqalamning shakli (B), uning kattaligi (D, E), qancha burchakka burilganligi (H), enining necha foiz tashkil etishi (I), ikkita izi orasidagi masofa (K) kabi parametrlarini tanlash mumkin. Rasmda barg ko'rinishidagi mo'yqalam tanlangan, uning o'lchami 90 pikselga teng, 45° ga burilgan, eni 56% ni tashkil etadi. Dddta izi orasidagi masofa 100% ga teng. Bu parametrlarning har birini yoki bir nechtasini o'zgartirib, turli-tuman barglarni olish, ular bilan tasvirni to'ldirish mumkin. Mo'yqalamning rangini o'zgartirish uchun PhotoShopning asosiy rangini o'zgartirish kerak bo'ladi. Shift tugmasini va sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, sichqonchani harakatlantirsak, harakat yo'nalishiga qarab vertikal yoki gorizontal kesmalar chiziladi. Agar Ctrl tugmasi bosilsa, chizilgan chiziqni siljitish mumkin bo'ladi (siljitish uskunasi vaqtincha ishga tushadi). Alt tugmasi esa tomizg'ich uskunasini vaqtincha ishga tushiradi. Savol va topsihriqlar 1. Mo'yqalam uskunalar panelining qayerida joylashgan? 2. Mo'yqalam palitrasi yordamida uning qaysi parametrlari qanday o'zgartiriladi? 3. Mo'yqalam yordamida tasvirga turli rangdagi va turli o'lchamlarga ega barglarni va maysalarni qo'shing. 4. Qalam bilan ishlashda Shift, Alt, Ctrl tugmasi qanday vazifalarni bajaradi? 5. Qalam yordamida uchburchak, uning medianalari, balandliklari va bissektrisalarini chizing. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:11 ]
Arxiv ichida: pptx