MP va mikro EHM arxitekturasi

MP va mikro EHM arxitekturasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
MP va mikro EHM arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

MP va mikro EHM arxitekturasi. MP umumlashtirilgan sxemasi va asosiy amallar bloklarining vazifalari, ishlashi Reja: MP umumlashtirilgan sxemasi. Boshqarish sxemasi - boshqaruvchi qurilma (BQ). Pentiumprotsessorlari MP va mikro EHM arxitekturasi deganda alohida MP qurilmalarining aniq mantiqiy tizimini, ularning bog'lanishini, buyruklar sistemasini hamda ma'lumotlarni qayta ishlovchi programma va apparatlar orasidagi bog'lanishi tushuniladi. Hozirgi paytda MPni har xil qayta quriladigan moslashuvchan arxitekturalari loyihalanmoqda. MP mantiqiy tuzilishi quyidagi uchta asosiy talabni qondirishi zarur: - moslashuvchan bo'lish (mikroprogrammali, mantiqiy va arifmetik amallarni boshqarishi); yuqori tezlikda ishlashini tamin etish; qimmat bo'lmagan texnologiya asosida yaratilishi. Moslashuvchan mantiqiy tuzilish ushbularni ta'minlashi kerak: berilganlarni baytli qayta ishlashi; berilganlarni baytli adreslash; rivojlangan vaqtincha to'xtatish sistemali bo'lishi; ko'p sondagi yuqori operativli ichki registrlari. IMPning umumlashtirilgan strukturasi sxemasini ko'rib chiqamiz (3 -rasm). MP quyidagi asosiy bloklarni o'z ichiga oladi: ALQ -arifmetik -logik qurilma; BQ- boshqaruvchi qurilma; Ichki registrlar; Interfeys (qiymatlar shinasi). MP umumlashtirilgan sxemasi. 1.ALK odat bo'yicha, tez ishlovchi ko'chirish registrlari asosida tuzilgan ikkilik kodlarini jamg'aruvchisidan tashkil topgan. Re gist-rlar operandlarni vaqtincha saqlash va surish uchun xam shila - tiladi. Bu qurilma ushbu amallarni bajaradi: qo'shish, ayirish, ko'- chirish, mantiqiy I, mantiqiy ILI, ikki moduli bo'yicha qo'shish va surish. ALK amallarining belgilari hamda MPning holati holat registrini tashkil etuvchi maxsus triggerlarda saqlanadi. ALKda ikkita kirish va chiqish portlari bor. Kirishporti ALKga berilgan so'zni (qiymatni) kiritish uchun kerak. Chiqish porti esa shunday berilgan so'zni chiqarish uchun kerak. Shunga o'xshash mantiqiy sxemalar bitta yoki bir nechta kirish portlariga va bittagina chiqish portiga ega bo'ladi. Ikkala kirish porti buferlar bilan ta'minlangan, ularning o'rnini qiymatlarni (berilganlarni) vaqtincha saqlovchi buferli registrlar bajaradi. Har bir port o'zining buferli registri bilan bog'langan. Buferli registrlar ALK uchun bitta berilgan so'zni saqlash kobilyatiga ega. Ikkita kirish portlari ALKga ichki shinalardan yoki akkumulyator deb ataluvchi maxsus registrdan kattaliklarni kabul qilishga imkon beradi. ALKning chiqish porti berilgan so'zni akkumulyatorga yuborish uchun kerak. Akkumulyator ALKning chiqish portidan yuborilgan yoki xotiradan chiqarib olingan berilgan so'zni saqlash uchun belgilangan. Misol uchun ALK ikkita kattalikni qo'shayotganda ana shulardan bittasi akkumulyatorda turadi. Qo'shish bajarilgandan keyin natija (berilgan so'z) ALKga saqlanishga yuboriladi. Berilgan so'zlarning qiymatlarini o'zgartirish va tekshirish kerak bo'lganda ham ALKdan foydalansa bo'ladi. ALKning bajaradigan vazifasi (funksiyasi) MP turlariga bog'lik va har xil turdagi mashinalar uchun har xildir. Ko'pchilik MPda ALK bajaradigan tipik amallar quyidagilardir: qo'shish, ayirish, I, ILI, ILIni inkor qilish, aylantirish, o'ng tomonga surish, chap tomonga surish, musbat orttirma, manfiy orttirma kabi amallar dir. 2. MP registrlari. Registrlar har qanday MPning muhim tarkibiy qismlaridan biridirlar. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.35 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.35 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga