MS Access MBBT muhitida relyatsion modelni amalga oshirish

MS Access MBBT muhitida relyatsion modelni amalga oshirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
MS Access MBBT muhitida relyatsion modelni amalga oshirish - rasmi

Material tavsifi

MS ACCESS MBBT muhitida relyatsion modelni amalga oshirish Reja: ACCESS ma'lumotlari turi Jadvallar bilan ish olib borish Konstruktor jadvallar oynasi Kalit maydonlarini aniqlash ACCESS ma'lumotlari turi Hozirgi paytda informatsiya bazalarining boshqaruv tizimlari (IBBS) turkumiga oid amaliy dasturiy vositalarning quyidagi asosiy turlari mavjud: Hozirda relyatsion ma'lumot bazalari o'zining qulayligi tufayli keng miqyosda ishlatilmoqda. Relyatsion ma'lumot bazalari ma'lumotlarni jadvallarga joylashgan va jadvallar orasida mos bog'liqliklarni, yani munosabatni (relyatsiyani) o'rnatishga asoslangan. Ular jadvallar orasidagi turli bog'liqliklarni o'rnatish, ma'lumot kiritish shakllarini yaratish, hisobot shakllarini chiqarish, turli so'rovlar (Zaprosi) tuzish imkonini beradi. Shuning uchun ham ularning birini kundalik ish faoliyatida ishlatish uchun tanlab olayotganda, ularning qaysi tomonlarini ko'proq ishlatishigizga va Siz uchun nima muhimligiga ahamiyat berib diqqatni xuddi shunga qaratishingiz lozim bo'ladi. Biz quyida yuqorida ko'rsatib o'tilgan Informatsiya bazalarining boshqarish tizimlaridan zamonaviyligi va imkoniyatlari ko'pligi bilan ajralib turadigan, hamda hozirgi paytdagi ko'pgina tizimviy dasturiy ta'minotlar tarkibiga kirib, ko'pchilik uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgan ACCESS deb nomlangan ma'lumotlar majmuasini boshqarish tizimining (MBBT) asoslari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Agarda siz ushbu tizim bilan batafsilroq tanishishni hohlasangiz, u holda qo'llanmaning so'ngida kelitirilgan maxsus adabiyotlarga murojaat qilishingiz mumkin. ACCESS MBBTning ishlashi uchun quyidagilar talab qilinadi: Pentium II yoki undan yuqori klassdagi protsessor bilan jihozlangan kompyuter; Diskli operatsion tizimning zamonaviy versiyalari bo'lgan dasturiy ta'minot; Microsoft Windows 98 dan yuqori versiyasi; Kamida 64 megabaytdan kam bo'lmagan tezkor xotira hajmi; Qattiq diskdagi 1,5 Gigabaytdan ortiq tashqi xotira hajmi; Sichqoncha yoki boshqa turga mansub manipulyator (masalan, trekobol, sensorli maydon yoki sharcha). ACCESS dasturini ham barcha dasturlar kabi ish stolining ―PUSK‖ tugmasi yordamida ishga tushirish mumkin. Bu jarayon quyidagi rasmda ko'rsatilgan. MS ACCESSning ishga tushirilishi Bu dastur ishga tushganidan so'ng ekranda hosil bo'lgan darchada ma'lumot bazasini yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini tanlash mumkin. Microsoft ACCESS ma'lumotlar majmuasining asosiy oynasi tasviri Ko'rib turganingizdek, ushbu oynadagi ko'pgina tugmachalar o'zining ko'rinishi va mohiyati jihatidan matn muharriri Word va jadval hisoblagichi EXCEL ning tugmachalariga juda ham o'xshab ketadi. Haqiqatdan ham ular xuddi ciz o'ylagandek ishlarni va funksiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan, fayl ochish, chop qilish, orfografiyani tekshirish, qaychi va hoka'zolar. Boshqa tugmachalar esa informatsiya bazasi tuzish va unda ishlash bo'yicha maxsus aniqlanilgan masalalarni yechish uchun xizmat qiladi. ACCESS informatsiya bazasini boshqarish tizimsida ma'lumotlarni standart usul bilan olish imkoniyati amalga oshirilgan (ODBC - Open Database Connectivity). Ushbu imkoniyat mos drayverlar orqali xilma xil formatlardagi informatsiya massivlari bilan ishlaydigan ma'lumot bazalari bilan ish olib borishga qulay sharoitlar yaratadi. Shuni ham aytib o'tish lozimki, bu MBBTlari faqatgina xususiy kompyuterlardagi MBBT ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 768.63 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 768.63 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga