MS ACCESS MBBT hozirgi kunda Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Microsoft Access dasturi foydalanuvchilar uchun onsonligi, yuqori darajada malakali foydalanuvchi bo'lishi shart emasligi bilan hozirgi kunda keng o'rganilmoqda va foydalanilmoqda. Undan tashqari bu dastur alohida o'rnatishni talab etmasligi bilan xam qulaydir. Dasturni ishga tushirish uchun Microsoft Office tarkibidaga Microsoft Assess piktogrammasi ustida sichqonchani bossak, amaliy dastur ishga tushadi va ekranda Assess oynasi paydo bo'ladi. Assess obyektlari va ma'lumot turlari Assess MBBT ilova asosan quyidagi obyektlardan iborat Jadvallar (Tablitsi) - MBning ma'lumotlar saqlaydigan asosiy obyekti. So'rov (Zaprosi) - MBdagi ma'lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma'lumotni qidirib topish kabi vazifalarni bajaradi. Ko'rinish(Formi) - MBga jadvallardagi ma'lumotlarni kiritishda qulaylik yoki joriy MB dagi ma'lumotlar ustida foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan turli-tuman shakldagi ko'rinish (forma)lar yaratadi. Demak, ko'rinish (forma) - ekran obyekti bo'lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma'lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma'lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi. Hisobot(Otchyoti) - MB tarkibidagi ma'lumotlardan kerakligini printerga chiqaruvchi qog'ozdagi asosiy hujjat. Stranitsi(Sahifalar) - Bunda ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarni internet uchun yaratish mumkin. Modul - Visual Basic dasturlash muhitida yoziladigan dastur bo'lib, nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi. Makros - bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo'lgan makro buyruq bo'lib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni echadi. Sanab o'tilgan obyektlar ustida ishlash uchun oynaning o'ng tomonida Otkrp (ochish), Konstruktor (tuzish) va Sozdat (yaratish) degan tugmalar joylashgan. Demak, bu tugmalar Assess ning ishlash tartibini ifodalaydi. Assess da yaratiladigan barcha jadval maydonlari belgilangan maydon turiga ega bo'lishi lozim. Endi ushbu maydonlarning xususiyati bilan tanishamiz: Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak. MYeMB-katta o'lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535dan oshmasligi shart. Oddiy matn va MYeMB maydonida hisob ishlarini bajarib bulmaydi. Sonli maydon. Sonli ma'lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va hisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo'lishi mumkin. Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan holda saklab kuyish imkonini beradi (01.06.01 20:29:59). 8bayt o'lchamga ega. «Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan hisob kitob ishlarini yuritishda foydalaniladi. hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt uzunlikka va avtomatik ravishda malum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni nomerlashda foydalanish kulaydir. Mantikiy amal natijasini saklovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki «yolgon» (false) qiymatni saklaydi. Maydon o'lchami 1bayt. OLE-nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word hujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi ma'lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saklaydi. Maydon o'lchami 1Gbaytgacha. Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
206.95 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
206.95 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:12 ]
Arxiv ichida: doc