MS DOS Otda fayllar papkalar va disklar bilan ishlash Reja: 1.MS DOS OTda fayllar bilan ishlash. 2.MS DOS OT da papkalar bilan ishlash. 3.MS DOS OT da disklar bila ishlash. Fayl tushunchasi, uning nomi, kengaytmasi. Fayl atributi. Qattiq disk va yumshoq disklardagi barcha ma'lumotlar fayllarda saqlanadi. Disklar lotin alfavitining harflari bilan belgilanadi, masalan, A:, B:, C:, D: va hokazo. Odatda, yumshoq disklarga mo'ljallangan disk yurituvchilar A: va B: disk yurituvchi, C:, D: va hoka'zolar qattiq disk (vinchester) uchun ajratilgan bo'ladi. Fayl - ma'lum bir ma'lumot saqlanuvchi diskning nomlangan sohasi. Demak, har bir fayl o'z nomiga ega bo'lishi, uni foydalanuvchi va operatsion tizim tushunishi va ishlatishi kerak. Diskda ma'lumotni boshqa bir yo'sinda yozib bo'lmaydi. Hattoki, birgina so'z yoki harfni masalan, a harfini diskka yozish lozim bo'lsa unga nom berib, fayl ko'rinishida diskka yozish kerak. Fayllar ikki turda, matnli va ikkilik tizimida bo'ladi. Matnli fayl foydalanuvchi o'qishi uchun mo'ljallangan. Fayllarni, odatda, ish jarayonida foydalanuvchi tashkil etadi. Faylning asosiy belgilari uning nomi, uzunligi(bayt hisobida), tashkil etilgan sanasi (kun, oy, yil), vaqti (soat va daqiqa) hisoblanadi. Fayl nomi, hajmi, tashkil qilingan sanasi va vaqti uning atributi deyiladi. Fayl asosiy nomga va kengaytmaga(uzunligi asosan uchta simvoldan iborat bo'ladi) ega bo'lishi mumkin. Fayl nomi va uning kengaytmasi bir-biridan nuqta bilan ajratiladi, masalan, autoexec.bat turbo.exe anketa.doc Fayl nomi va kengaytmasi katta yoki kichik lotin alifbosi harflari, sonlar va simvollardan iborat bo'lishi mumkin. Faylning nomida uning kengaytmasini berish shart emas, lekin fayl mazmuniga qarab kengaytma berilsa, uni ishlatish qulay bo'ladi. Ko'pchilik amaliy dasturlar fayl kengaytmasiga qarab tezda yuklanadi, bu esa, o'z navbatida vaqtni tejaydi. Masalan, .exe, .com - bajariluvchi dasturlar; .bat - buyruqli (Batch) fayllar; .bas - Beysikdagi dastur; .pas - Paskaldagi dastur; .doc - Word matn muharriridagi matnli fayl; .xls - Excel elektron jadvalidagi jadvalli fayl va hokazo. * va ? belgilarining ishlatilishi. Fayllarni qisqacha nom- lashda * va ? belgilari ishlatiladi. * simvoli fayl nomi va kengaytmasidagi ixtiyoriy sondagi simvollarni belgilaydi. ? simvoli fayl nomi va kengaytmasidagi ixtiyoriy bitta simvolni belgilaydi. Masalan: *.doc diskdagi kengaytmasi .doc bo'lgan barcha fayllar; *.* diskdagi barcha fayllar; p*.e* diskdagi nomi p harfi, kengaytmasi e harfi bilan bosh- lanadigan barcha fayllar; ?.doc diskdagi nomi bitta simvoldan iborat kengaytmasi .doc bo'lgan barcha fayllar; Katalog tushunchasi, uning nomi. Magnit disklarida fayl nomlari katalogda saqlanadi. Katalog fayl nomlari, uning hajmi, tashkil etilgan sanasi va boshqa xossalari haqida ma'lumotlarni saqlaydi. Kataloglar ham fayllar kabi nomlanadi, lekin uning kengaytmasi bo'lmaydi. Diskda bir nechta katalog bo'lishi mumkin. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.01 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.01 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:12 ]
Arxiv ichida: doc