Reja: Operatsion tizimlar strukturasi va tarixi. MS DOSning asosiy modullari. BIOSning asosiy vazifalari. Autoexec.bat fayilining tuzilishi. Operatsion tizimlar strukturasi va tarixi. Operatsion tizimlar struktura-siga ko'ra bir necha versiyalari mavjud: IBM firmasi 1986 yilda 80386 mikroprotsessoriga asoslangan kompyuterni ishlab chiqardi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan kompyuter nazariy bir necha Gegabayt xotiraga ega bo'lishi mumkin edi. Ammo MS DOS OC 640 Kb bo'lgan kompyuterlarga moslashgan edi. Shuning uchun MS DOS OS ni kengaytirish maqsad qilib olindi va 1987 yil MS DOS 3.3 versiyasi yaratildi. Shu yili Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir nechta masalalar yechishga qodir bo'lgan OS2 OC ishlab chiqildi. Lekin bu OS keng tarqalmadi, sababi MS DOS 3.3 ko'pchilik imkoniyatlarini qoniqtirar edi. hozirga kelib OS larning bir necha turlari ishlab chiqilgan va ishlab chiqilmoqda. Ammo MS DOS halida o'z kuchini yo'qotgani yo'q. MS DOS ning qobiq dasturi bu NC hisoblanadi. OS funksiyalari. OS-bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Kompyuter resurslari ikki xil bo'ladi: fizik va dasturiy. Fizik resurslar bu: -xotira; -vinchester; -monitor; -tashqi qurilma. Dasturiy resurslar bu: -kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar; -kompyuter ishlashini ta'minlaydigan boshqaruvchi dasturlar; -berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; -drayverlar; -virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar. OSlardan quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi talab qilinadi: Ishonchlilik. OS o'zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo'lishi kerak.OS fydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, tahlili qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Himoya. OS bajarilayotgan masalalarning o'zaro bir-biriga beradigan ta'siridna himoyalash kerak. Bashorat. OS foydalanuvchi so'roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. qulaylik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalalrini esishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak. Effektivlik. Resurslar taqsimotida OST foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Resurslarning OS tomonidan band qilinishi fydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadidi ko'paytirish yoki kamaytirilishi mumkin. Kengaytiruvchanlik. OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar qo'shilishi mumkinligi. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. OS foydalanuvchi resurslar taqsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta'minlash mumkin: bir dasturli, ko'p dasturli, ko'p masalali. Bir dasturli rejim. Kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi. Ko'p masalali rejim. Bu bir vaqning o'zida bir necha masalaning parallel ishlashini ta'minlash ko'zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinch masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.07 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.07 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:12 ]
Arxiv ichida: doc