Reja: 1. Asosiy tushunchalar 2. MS DOS ga tavsifnoma 3. MS DOS da ishlash texnologiyasi 1. Operasion sistema-kompyuterning qurilmalarini, amaliy programmalarni boshqarishni hamda kompyuter bilan foydalanuvchi o'rtasidagi muloqotni ta'minlovchi programma vositalari to'plamidir. Operasion sistema kompyuterda xech bir programmaga yoki algoritmik tilga bogliq bo'lmagan avtanom muxitni yaratadi. Har qanday amaliy programmalar operasion sistemaga bog'liq bo'lib, bu programmalar operasion sistemalar mavjud bo'lgan kompyuterlardagi-na ishlatilishi mumkin. Odatda operasion sistemalar qattiq disklarda (vinchesterda) saqlanadi. Кo'pgina xollarda ular egiluvchan disklarda saqlanib, bu disklar sistemali disk deb ataladi. Operasion sistema kompyuter yoqilishi bilan tezkor xotaraga yuklanib, kompyuterning boshqarilishini o'z zimmasiga oladi. 2. MS DOS ning tashkil etuvchilari. - Кiritish chiqarish sistemasi (BIOS) EHMning doiimiy xotirasiga joylashtirilgan bo'lib, operasion sistemaning axborotlarni kiritish va chiqarish amallari bilan bog'liq xizmatlarni bajaradi. Operasion sistemani yuklovchi dastur (IPL) diskning maxsus birinchi sektoriga joylashgan bo'lib, asosiy vazifasi DOS ni tezkor xotiraga yuklash. IO.SYS va MS DOS.SYS dasturlari diskda joylashgan bo'lib, murakkab kiritish-chiqarish amallarini bajaradi. COMMAND.COM buyruq prosessori bu DOS ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. MS DOS ning tashqi buyruqlari operasion sistema bilan birga tavsiya etiladigan alohida-alohida fayl ko'rinishidagi dasturlardir. Mazkur dasturlarning har biri foydalanuvchi uchun zarur bo'lgan DOS ning qo'shimcha amallarini bajaradi. MS DOS ning asosiy tashqi buyruqlari. DIR - fayllar ro'yxatini ekranga chiqarish komandasi. DIR W- fayllar ro'yxatini ustunlar ko'rinishida ekranga chiqarish. DIR P-fayllar ro'yxatini saxifalab ekranga chiqarish komandasi. CLS- ekranni tozalash CD - katalogni o'zgartirish komandasi, CD - Joriy katalogdan chiqish, CD- o'zak katalogdan darxol chiqish MКDIR- yangi direktoriya ochish, RD - bo'sh katalogni o'chirish, REN- katalogni qayta nomlash, DEL - fayllarni o'chirish TYPE - faylning tarkibini ko'rish, COPY - fayldan nusxa olish, FORMAT- disk yoki disketalarni formatlash, ishga tayyorlash. SI- kompyuter xaqida ma'lumot olish. TIME - joriy vaqtni aniqlash. EXIT- Command.com ishini yakunlash. DATE joriy sanani aniqlash. 3. Har qanday operasion sistema asosida tashqi qurilmalarda axborotlarni saqlash ishlarini tashkil qilish yotadi. Tashqi xotira texnik tomondan turli material tashuvchilarda amalga oshishiga qaramasdan (egiluvchan magnit diski yoki magnit lenta) ularni operasion sistemada fayl deb ataluvchi axborotlarni saqlovchi mantiqiy bog'langan prinsip amalga oshiradi. Fayl mantiqan bog'langan ma'lumotlar va programmalar majmuasi bo'lib, ularni ichki xotirada joylashtirish uchun nomlangan maydon ajratiladi. Fayl operasion sistemada axborot birligini hisobga olishda xizmat qiladi. Axborot ustida olib boriladigan har qanday ishlar MS DOS da fayllar orqali amalga oshiriladi: Diskga yozish, ekranga chiqarish, klaviaturadan kiritish, choplash CD ROM dan axborotlarni o'qish va boshqalar. Fayllarda turli ko'rinish va shakldagi axborotlar matnlar rasmlar, chizmalar, sonlar, programmalar, jadvallar va xakazolar saq-lanishi mumkin. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.92 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.92 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:12 ]
Arxiv ichida: doc