MS DOS operatsion sistemasida fayl va kataloglar ustida amallar bajarish Reja: Fayllar tizimi. Kataloglar. Fayllar tizimini tashkil kilish, ishlash prinsipi. Fayllardan nusxa olish. Fayllarni o'chirish. Kataloglarda fayllar ruyxati. Fayllar tizimi. Axborotlar diskda fayllar ko'rinishida saqlanadi. Fayl turli belgilar, sonlar va harflarning mantiqiy ketma-ketligidir. Ana shunday ketma-ketlik oddiy matnni ifoda etsa, bunday fayl matn fayli deyiladi. Fayl nomi uzunligi 8 dan, kengaytma uzunligi esa 3 simvoldan oshmasligi kerak. Ajralib turishlari uchun fayl nomi bilan kengaytmasi orasiga nuqta quyiladi: command.com config.sys autoexec.bat matemat8.txt muhammad.hat Faylga kengaytma quyish majburiy emas. Ammo ko'pgina dasturlar shu dasturda belgilangan kengaytmali fayllar yaratadi va fayllarni kengaytmasiga ko'ra aniqlaydi. Aksariyat matn muxarrirlari. bak kengaytmasidan fayl nusxalari uchun foydalanadilar. Fayl kengaytmasi qanday bo'lishdan katiy nazar taxrir va o'zgartishlardan so'ng yozilgan fayl bilan birgalikda faylning avvalgi ko'rinishi .bak kengaytmasi bilan saqlanadi. Yani taxrir va o'zgartirishlar noo'rin bajarilgan bo'lsa, faylning avvalgi xolatiga qaytish imkoniyati mavjud. Kataloglar Katalog (direktoriya) diskdagi fayllar xaqidagi axborotlar (fayl nomi, kengaytmasi, uzunligi, so'nggi taxrir vaqti, holati va x.k.) yoziladigan maxsus joydir. Diskda bir necha katalog mavjud bo'lishi va xatto biror katalogning ichida boshqa bir katalog yoki kataloglar joylashishi mumkin. Kataloglarni nomlashda xam lotin xarflari, raqamlar va fayl nomi uchun qayd etilgan belgilardan foydalanish mumkin. Uzak katalogning nomi xamisha teskari yotik chiziq (g' -baklash) belgisi bilan ifodalanadi. A:g' (o'zak katalog) NC WD SERVMAR command.com autoexec.bat config.sys uslub.txt (3.1 -rasm. A: nomli saqlagichdagi katalog va fayllar). Bir katalogning ikki kism kataloglari bir xil nomlanishi mumkin emas. Odatda kataloglarni nomlashda kengaytmalardan foydalanilmaydi. Foydalanuvchi ish olib borayotgan katalog ishchi yoki joriy katalog deb nomlanadi. Maxsus buyruq bo'lmasa, MS DOS joriy katalog fayllari bilangina ish olib boradi. Buyruqlar satridan katalog nomini kiritish bilan joriy katalogni uzgartirish mumkin. Fayllar tizimini tashkil kilish, ishlash prinsipi. Foydalanuvchi biror ichki bo'lmagan buyruq kiritsa, buyruq protsessori ana shu buyruqda nomi ko'rsatilgan dasturni (faylni) joriy bo'lgan disk va katalogdan axtaradi. Axtaruv kengaytmasi VAТ, SOM yoki YeХE bulgan fayllar orasidagina olib boriladi, ana shu sababli shunday kengaytmali fayllargina tezkor xotiraga yuklanishi va ishga tushishi mumkin. Buyruqlarni kiritish satridan kengaytmasi o'zgacha yoki diskda mavjud bo'lmagan fayl nomi kiritilsa, ekranga quyidagicha xabar chiqadi: Bad command or file name (Fayl nomi yoki dasturdagi xatolik) Fayllardan nusxa olish Fayllardan nusxa olish quyidagi amallardan foydalanish imkonini beradi: biror disk yoki katalogdagi faylning nusxasini biror disk yoki katalogda xosil kilish; niqob belgilaridan foydalanib, fayllar to'plamidan nusxa olish fayl nomini o'zgartirib nusxa olish; ikki yoki bir necha fayllarni yagona faylga birlashtirish. Qayd etish lozimki, nusxa olish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.94 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.94 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:12 ]
Arxiv ichida: doc