MS DOS operatsion tizimi. MS DOS operatsion sistemasida papkalar bilan ishlash

MS DOS operatsion tizimi. MS DOS operatsion sistemasida papkalar bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
MS DOS operatsion tizimi. MS DOS operatsion sistemasida papkalar bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Operatsion sistema tushunchasi. Kompyuter ishga tushirilganda, odatda, uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta'minlaydi va u operatsion sistema (qisqacha OS) deb yuritiladi. Opеratsion tizim - bu maxsus bir dastur. Bu dasturning asosiy vazifasi - kompyutеr ishini boshqarish, kompyutеr va foydalanuvchi o'rtasida muloqotni o'rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o'rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta'minlash. Opеratsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Odatda, operatsion sistema tashqi xotira - diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi. Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari bir necha parametrlar bilan farq qiladilar. Xususan, operatsion sistemani quyidagi sinflarga bo'lish mumkin: bir masalali va ko'p masalali; bir foydalanuvchili va ko'p foydalanuvchili. Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o'zida kompyuterda faqat bitta amaliy vazifani hal etishga imkon beradi. Ko'p masalali operatsion sistemalar bir vaqtning o'zida bir necha dasturni ishga tushirish imkoniyatini beradi. Disk operatsion sistema (MS-DOS). Dastur haqida ma'lumot. MS-DOS (MicroSoft Disk Operation System) 1981 yilda Microsoft firmasida IBM firmasining birinchi personal kompyuteri IBM PC uchun yaratilgan. Disk Operatsion Sistema (DOS) bizga fayl, katalog va disklar bilan ishlash va ular ustidan har xil amallarni bajarish uchun yordam beradi. Bu dastursiz kompyuter bilan ishlay olmaymiz. Shuning uchun har bitta yangi kompyuterga firmalar har xil operatsion sistemalarni yozib qo'yishadi. MS DOS VERSIYALARI TASNIFI 2.0 Versiya - 1983 yil, Mart. 3.05 Versiya -1984 yil, Avgust. 4.0 Versiya - 1988 yil, Noyabr. 5.0 Versiya - 1991 yil, Iyul. 6.0 Versiya - 1993 yil, Mart. 6.2 Versiya - 1993 yil, Oktabr. MS-DOS dasturini ishga tushirish. Hozirgi kunda ko'pchilik foydalanuvchilar Windows operatsion sistemasida ish olib boradi. Shu sababli Windows operatsion sistemasi tarkibida disk operatsion sistemasi mavjud. Dasturni ishga tushirish yo'li: 1) Пуск Выполнитъ cmd(so'zi yoziladi) 2) + R tezkor tugmasi bosilib, hosil bo'lgan oynaga cmd so'zi yoziladi. cmd MS-DOS dasturining umumiy ko'rinishi. Disk operatsion sistemaning buyruqlari. Agar biz bir diskdan boshqa diskka o'tmoqchi bo'lsak, bunda disk nomi va : (ikki nuqta) yozib, Enter tugmasi bosiladi. Katalog (papka)larga murojaat qilinganda (slesh) belgisi qo'yiladi. Masalan: D:bduhujjatlardars.doc ma'nosi D diskdagi bdu papkasi ichidagi hujjatlar papkasidagi dars.doc faylni chaqiradi. (Izoh: fayl nomlari orasiga bo'sh joy bo'lmasligi kerak, aks holda xatolik yuz beradi.) Sistema bilan ishlash uchun kerak bo'ladigan buyruqlar. 1) VER - DOS versiyasini ko'rsatish buyrug'i D:ver MS-DOS 6.22 D:ver Microsoft ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 747.77 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:13 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 747.77 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga