MS Excel dasturi. Reja: Kirish. Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi. MS Exsel menyulari MS Exsel da jadvallar tuzish MS Exsel da formulalar va funksiyalar bilan ishlash Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari. Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi Yacheykalar, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy usullari MS Excel elektron jadvali va oynasining tuzulishi. Katakchalar va ularning manzillari. Varaqlar bilan ishlash. Ma'lumotlarni kiritishning avtomatik yo'llari. Satr va ustunlar ustida amallar bajarish. Diagramma hosil qilish, tanlash, o'lcham va joylarini o'zgartirish. «Мастер функции» (Funksiyalar ustasu) bandi, tarkibi va asosiy bajariladigan amallar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi, hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblash ishlarini amalga oshirishda elektron jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jadval ko'rinishida tasvirlanadigan masalalrni yechish uchun maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqilgan bo'lib, ulardan biri elektron jadvallar deb ataladi. Elektron jadvallar-avvalo iqtisodiy masalalrni hal qilish uchun muljallangan, lekin uning yordamida muhandislikka doir masalalarni yechishda ham, masalan, formulalar bo'yicha hisob-kitoblarda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Elektron jadvallar qo'llanilayotgan sohalar juda ko'p bo'lib, ular: moliyaviy buxgalteriya; ish haqini hisoblash; har xil iqtisodiy-texnik hisoblar; kundalik, xo'jalik mahsulotlarni sotib olish hisoblari va boshqalar. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo'lib, u Windows OS muhitida ishlovchi va ma'lumotli elektron jadvallarni tayyorlash hamda qayta ishlashga muljallangan amaliy dasturlardan biri. MS Excel da tayyorlangan har bir hujjat (fayl) ning ixtiyoriy nomi va .xls kengaytmasi bo'ladi. Microsoft Excel da, tayyorlangan bunday fayl «Ish kitobi» (Workbook) deb yuritiladi. Excel ning asosiy ish sohasi-bu «Ish kitobi» bo'lib, u bir yoki bir necha ish varaqlaridan iborat. Ish varag'ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar va hisoblar satr hamda ustunlarda joylashgan bo'ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi shundaki, barcha hisob ishlarini jadvalning o'zi bajaradi, lekin ma'lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida bo'ladi. 1.Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni echishda qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo'lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo'ldi va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:00:45
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
619.95 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
619.95 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:13 ]
Arxiv ichida: doc