MS Excel elektron jadvali yordamida amaliy masalalarni yechish

MS Excel elektron jadvali yordamida amaliy masalalarni yechish

O'quvchilarga / Informatika va AT
MS Excel elektron jadvali yordamida amaliy masalalarni yechish - rasmi

Material tavsifi

MS Excel elektron jadvali yordamida amaliy masalalarni yechish Reja: Excel dasturida formula va funktsiyalar bilan ishlash Excel dasturinining qo'shimcha imkoniyatlari Excel elektron jadval dasturida diagrammalar tuzish Microsoft Excelda formula va funktsiyalar bilan ishlash. Excel EJ kataklaridagi ma'lumotlar - matnlar, sonlar va formulalar bilan tuldiriladi. Ba'zan katakdagi qiymatlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tugiladi, bunday hollarda formulalardan foydalaniladi. Umuman ixtiyoriy yacheykadagi sonlarni hisoblash yoki formulalarni hisoblash uchun = (тенглик) belgisidan foydalanadi. Masalan, A5 yacheykadagi sonni D7 yacheykadagi songa ko'paytirish uchun kerakli kattakka quyidagicha yoziladi; =А5*D7. sinx2+lnx+7,5 ifodani х - ning qiymati B6 yacheykada turganda quyidagicha yozib hisoblanadi; =(sin(B6^2)+ln(B6)+7,5) Excelda ishlatiladigan arifmetik amallar belgilari quyidagilar: + - qo'shish; - - ayirish; * - ko'paytirish; - bo'lish; ^ - darajaga kutarish - bir necha kattakdagi matnlarni birlashtirish . Ushbu rasmda E2 katagida olingan jihozlarning qaysi formula bilan hisoblanganligi formula katorida ko'rsatilgan, ya'ni =C2*D2 Exceldagi asosiy matematik statistik funktsiyalar quyidagilar: SUM (argument)-yacheykadagi sonlarni qo'shish, summasi AVERAGE (argumentlar ro'yxati) - o'rta qiymatni hisoblash; MAX (argumentlar ro'yxati) - maksimal qiymatni hisoblash; MIN (argumentlar ro'yxati)- minimal qiymatni hisoblash; SQRT (son)- kvadrat ildizni hisoblash; FACT (son)-sonning faktorialini hisoblash; RAND (tasodifiy son)-tasodifiy sonni chiqarish (0 va 1 orasidan); ABS (son) - sonning absalyut qiymati hisoblash; LN (son) - natural logorifmni hisoblash; EXP (son) - sonning eksponentasini topish; SIN (son)- sonning sinusini hisoblash; COS (son)- sonning kosinusini hisoblash; TAN (son)- sonning tanginisini hisoblash va xokozo bu yerda yana bir qancha funktsiyalarni kiritish mumkin. Bundan tashkari mantiqiy amalarni bajaruvchi funktsiyalar ham mavjud. Bo'lar IF, AND, OR, NOT, FALSE va TRUE. Yuqori keltirilmagan funktsiyalarni Excel dasturi instrumentlar panelining «funktsiya quyish» tugmasidan olishingiz mumkin. Biz yuqorida ko'pgina funktsiyalarni keltirdik. Bo'lar haqida to'liq ma'lumotni olish uchun Microsoft Excel dasturining Справка yordamchi dasturi mavjud. Undan ixtiyoriy vaqtda foydalanish mumkin. Ekranda agarda xatoliklar va kamchiliklarga duch kelganda ham shu Справка ya'ni ekranning yuqori o'ng tamonida joylashgan menyuning Справка bo'limidan yoki F1 klavishasini bosib kerakli ma'lumotlarni olish mumkin. Microsoft Excel ning qo'shimcha imkoniyatlari Microsoft Officening grafikli texnologiyalarini o'rganib, foydalanish kunikmalarini hosil qilgandan keyin, biz mustaqil ravishda Excelning boshqa imkoniyatlaridan ham foydalana olamiz, ya'ni Ko'p o'zgaradigan ma'lumotlarni qayta ishlash Taxrirlangan bitta formulani ustunning yoki katorni boshqa kataklarida qo'llash Diagrammalar tuzish, tekstli oynalar, tasvirli ob'ektlardan foydalanish; Arifmetik va geometrik proggessiyalarni avtomatik qo'llash Boshqa dasturlardan foydalanib ob'ektlar tuzish va taxrirlash; Bir vaqtda bir qancha oynalar va Excelning ishchi varaqlarida (listlarida) ishlash; Ma'lumotlar bazasida ishlash; Ishchi varaqlar sonini ko'paytirish va kamaytirish Ma'lumotlarni import (qabul qilish) va eksport (uzatish) qilish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.76 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.76 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga