MS Word da jadvallar va grafik obyektlar bilan ishlash

MS Word da jadvallar va grafik obyektlar bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
MS Word da jadvallar va grafik obyektlar bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Reja: «Таблица» menyusi. Jadvallar tuzish. Satr va ustunlar quyish hamda olib tashlash. Jadval katakchalari o'lchamini o'zgartirish. Jadvalni bo'lish. WordArt va Paint gtrafik ob'ektlari bilan ishlash. «Таблица» menyusi. Jadvallar tuzish. Satr va ustunlar quyish hamda olib tashlash Word da jadvallar bilan ishlash elektron jadvallar sistemasida ishlash kabi bo'ladi, jadval asosan satr va ustunlarning kesishmasidan hosil bo'lgan kataklardan tashqil topgan, ya'ni Katakchalarga formulalar, sonlar matnlar kiritish mumkin. Agar katakcha kengligi o'zgartirilsa katakchadagi matn sig'imi ham o'zgaradi. Jadvalni hujjatning ixtiyoriy qismida yaratish mumkin. Jadvalni yaratish uchun «Таблица» menyusidan «Вставить» → «Таблица» bandlari tanlanadi yoki asboblar panelidagi «Вставить таблицу» piktogrammadan foydalaniladi (1-rasm). 1-rasm Ustunlar va satrlar soni oldindan ma'lum bo'lsa, jadval yaratishda ularning sonini kiritish mumkin. Aks holda sharoitga ko'ra foydalanuvchi ularning sonini va o'lchamlarini to'liq o'zgartira oladi. Yaratilgan jadvalga ixtiyoriy ma'lumotlar kiritishda har bir katakchaga ma'lumotni kiritish talab qilinadi. Navbatdagi katakchaga o'tish uchun «Tab» tugmachasi bosiladi, oldingi kataklarga o'tish uchun esa Shift+Tab tugmachalari bosiladi. Sichqoncha yordamida zaruriy katakchaga uning ko'rsatkichi keltiriladi va chap tugmacha bosiladi. Shuningdek, Alt+Home klavishlari orqali katakchaning boshlanish qismiga o'tiladi, Alt+End klavishlari orqali esa jadvalning oxirgi katakchasiga o'tiladi. Jadvalni to'ldirishda katakchalarni, ustunlarni, satrlarni quyish yoki uchirish mumkin. Buning uchun «Таблица» menyusidan kerakli buyruqlar tanlanadi. Jadvalda mavjud bo'lgan katakchani o'chirish uchun dastlab blokka olinadi, so'ng «Таблица» menyusidan «Удалить яйчеки» buyrug'i tanlanadi. Ekranda munozara oynagi hosil bo'ladi va kerakli bandlari tanlanadi (2-rasm). 2-rasm Satr va ustunlarni qo'shish va o'chirish menyu buyruqlari yordamida oson bajariladi. Masalan, ixtiyoriy jadvalni olaylik. Jadvalning 4 va 5 satr o'rtasiga 1 ta satr, 1 va 2 ustun o'rtasiga 1 ta ustun qo'shish talab qilinsin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: Jadvaldagi 5-satrning ixtiyoriy joyiga ko'rsor olib boriladi va «Таблица» menyusidan «Вставить» bandiga undan «Строки выще» buyrug'i bosiladi Natijada jadvalga satr qo'shiladi. Ustun qo'shish uchun, jadval 2 ustunining ixtiyoriy satriga ko'rsor olib borilib, «Таблица» menyusidan «Вставить» bandiga undan «Столбцы слева» buyrug'i bosiladi. Natijada 1 va 2 ustun o'rtasiga 1 ta ustun qo'shiladi. Ustun va satrlarni olib tashlash ham xuddi shu tartibda, faqat «Удалить» bandidan foydalaniladi. Jadval katakchalarining o'lchamini o'zgartirish uchun, Jadval belgilab (qora rang) olinib, «Таблица» menyusining «Свойства таблицы» bandi bosiladi. Ekranda muloqat oynasi ochiladi, undagi «Строка» balandligi va «Столбец» kengligi o'zgartiriladi. Natijada jadval katakchalari Siz xoxlagan o'lchamga keltiriladi. Yuqoridagilarni uyda va amaliy mashg'ulotlarda mustaqil o'rganing? MS Word da Word Art va Paint grafik ob'ekti bilan ishlash Matn muharririda Word Art va Paint grafik ob'ekti orqali hujjat tayyorlash effekti bilan ishlash ko'nikmasini hosil qilish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: Microsoft Word ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.62 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.62 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga