Muammoni belgilashda tizimli tahlil

Muammoni belgilashda tizimli tahlil

O'quvchilarga / Informatika va AT
Muammoni belgilashda tizimli tahlil - rasmi

Material tavsifi

Muammoni belgilashda tizimli tahlil Reja: Muammoni belgilashda tizimli tahlilning ustuvorligi. Kuchsiz tuzilmalashtirilgan muammolarn tizimlashtirish. 1.Muammoni belgilashda tizimli tahlilning ustuvorligi Ijtimoiy va maishiy hayotda yuzaga keladigan turli hodisa va voqealarning ifodalanishiga, jarayonlarning yuzaga kelishi va kechishiga (dinamikasiga) e'tibor qaratsak, ularning zamirida ta'lim-tarbiya, aniqrog'i, uning hosilasi sifatida biron bir xulq modeli namoyon bo'lishini ko'zatish mumkin. Bu masalaga pedagogik faoliyatning manfaati nuqtai nazari bilan qaraganda, ta'lim-tarbiya berish jarayonida professor- o'qituvchilar qator vazifalarni bajarishi ko'zatiladi. Bu vazifalarning muhimlari sifatida - axborot berish, dunyoqarashni shakllantirish, hayot yo'lini tanlashni o'rgatish, madaniylashtirish, muloqotga tayyorlash (jumladan kasbiy), maqsadni shakllantirishni o'rgatish kabilarni ko'rsatib o'tish mumkin4. Yurtboshimizning o'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bildirgan tabrik nutqida mazkur masalaga alohida e'tibor qaratib, jumladan: Bu dunyoda har qaysi ongli inson - qaerda ishlamasin, qanday kasbu - kor, lavozim egasi bo'lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo'llagan muhtaram o'qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi. Haqiqatan ham, o'zining ko'z nuri, qalb qo'ri, butun borlig'ini bag'ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo''tabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hech narsa bilan o'lchab, baholab bo'lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi5 deb ta'kidlagan.Bu vazifalarni amalga oshirish professor-o'qituvchilar talaba(tinglovchi)larni faqatgina o'quv faoliyatini emas, balki ularni o'zlarini namoyon etish, darsga va atrofdagilarga bo'lgan munosabatini, intilishlarini, qiziqishlarini, e'tiqodi va ta'limga bo'lgan munosabatini ham o'rganib borishadi. Bunda ular asosan kuzatuv, suhbat (diagnostik), kontent tahlil (yozma nazorat ishlarini sharhi), ekspertcha so'rov (boshqa ustozlarning fikrini inobatga olish (bilib olish), faoliyat mahsulini o'rganish (ijobiy yoki salbiy xulq modelini o'rganish) kabi usullardan foydalanib, tahlilni amalga oshirib, galdagi kasbiy vazifalarni belgilash (kasbiy darajada qaror qabul qilish) uchun axborot jamlaydi. Axborot alohida vaziyat, faoliyat, shaxsiy yoki ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyati, shaxsiga, tinglovchilar jamoasiga taalluqli bo'lishi mumkin. Axborot muammoga oidligi bo'yicha sharhlanadi, xulosa va taklif-tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan ko'zlangan maqsad to'g'ri qaror qabul qilish jarayonini ta'minlashdan iborat. Ko'rinib turibdiki, faoliyatda turli majmuaviy xususiyatlari bilan tahlil alohida o'rin tutadi. Tahlil alohida ilmiy tayyorgarlikni, turli ilmiy uslublarni maqsadli tanlash va o'rinli qo'llash, o'rganilayotgan muammo bo'yicha bilimga ega bo'lishni talab etuvchi faoliyatning murakkab turidir6. Bugungi kunga qadar tahlilning barchaga maqbul bo'lgan, ya'ni unversal modeli yaratilmagan (yaratilishi ham mumkin emas), ammo shunga qaramay jamiyat doirasida turli darajalarda tahlil va qaror qabul qilish uchun muhim hisoblangan tahliliy manbalarga ehtiyoj oshib bormoqda. Kasbiy muloqot davomida tahlil, izoh, sharh, talqin kabi tushunchalar ko'p qo'llaniladi, biroq ularning mohiyatiga doimo ham e'tibor qaratilmaydi. Izoh tushunchasi, birinchidan, so'z, ibora, voqea-hodisa va boshqaga beriladigan tushuntirish, sharh, tavsif (masalan: so'z ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 371.19 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 371.19 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga