Multimedia dasturlarini yaratish vositalari Reja: Delphida multimedia TMediaPlayer komponenti Multimedia dasturining ikki ko'rinishi. Delphida multimedia Delphida TMediaPlayer komponenti mavjud bo'lib, u sizga multimedia dasturlarini tuzishda hamma imkoniyatlarni yaratib beradi. Ushbu komponentdan foydalanish juda oddiy. Bu oddiylikni ikki manoda tushunish mumkin: - Bir tomondan - bu ixtiyoriy dasturchiga multimedia dasturini tuzishga imkon yaratilgan. - Ikkinchi tomondan, bu komponentda multimedia fayllari bilan bajariladigan hamma asosiy amallar kiritilgan, lekin sizga quyi funksiyalar kerak bo'ladigan bo'lsa, Delphi dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalinishingiz mumkin. Ushbu ma'ruzada komponent ishlaganda uning ichki funksiyalari qanday ishlatilishiga to'xtalmaymiz. TMediaPlayer komponenti Dastlab yangi loiha yaratamiz va formaga TMediaPlayer (System sahifasi) komponentini tashlaymiz. 15-rasm: Formadagi TMediaPlayer komponenti. TMediaPlayer komponenti qurilmani boshqarish paneli kabi tuzilgan. Magnitofonlardagi kabi bu yerda ham ishga tushirish, o'tkazish, yozish va boshqa tugmalari bor. Komponentni formaga tashlagach, siz obyektlar Inspektorida FileName xususiyatini ko'rasiz. 16- Rasm. TMediaPlayerning obyektlar inspektoridagi xususiyatlari Shu yerda sichqoncha tugmasini bosing va ro'yxatdan AVI, WAV yoki MID kengaytmali faylni tanlang. So'ngra AutoOpen xususiyatini True qiymatga o'rnatish kerak. Bu qadamlar bajarilgach, dastur yuklanishga tayyor bo'ladi. Dasturni yuklab ishga tushirish (Play) tugmasini bosing va siz tanlagan videoklipingizni ko'rishingiz yoki musiqani tinglashingiz mumkin. Agar ovoz yoki videoklip ishga tushmasdan xatolik haqida xabar chiqarilsa, ikki holat bo'lishi mumkin: Siz fayl nomini yoki ungacha bo'lgan yo'lni notuo'g'ri kiritgansiz. Kompyuteringizdagi multimedia qurilmalari Windowsga to'g'ri sozlanmagan. Bu esa, sizda kerakli qurilmaning yo'kligidan yoki kerakli drayverlar o'rnatilmaganligidan dalolat beradi. TMediaPlayer komponentining yana bir muhim xususiyati - Display. Dastlabki misolimizda bu xususiyat bo'sh qoldirilgan va videoklip alohida oynada ko'ringan edi. Lekin, videoklip namoyishida ekran sifatida masalan, Paneldan foydalanish mumkin. Formaga Tpanel komponentini tashlang va Caption xususiyatidagi matnni o'chiring. So'ngra TMediaPlayer uchun Display xususiyatidagi ro'yxatdan Panel1ni tanlang. Shundan so'ng dasturni yuklab, ishga tushirish tugmasini bosish kerak. 17- rasm. Panelda AVIni ko'rsatish. Multimedia dasturining ikki ko'rinishi. Multimediali dasturga misol. Bu bo'limda biz multimediali dasturlarga misol ko'rib o'tamiz. Yangi loixa yarating (File | New Project). Formaga TMediaPlayer, shuningdek fayllarga murojaat qilish uchun, TFileListBox, TDirectoryListBox, TDriveComboBox, TFilterComboBox komponentlarini tashlang. DirectoryListBox1ning va FilterComboBox1ning FileList xususiyatlarida FileListBox1ni belgilang. DriveComboBox1ning DirList xususiyatiga DirectoryListBox1ni o'rnating. FilterComboBox1ning Filter xususiyatiga kerakli fayllar kengaytmalarini kiriting: AVI File(*.avi)|*.avi WAVE File(*.wav)|*.wav MIDI file(*.MID)|*.mid FileListBox1da Sichqonchani ikki marta bosganda joriy fayl ishga tushirilishiga erishishimiz kerak. Holatlar qayta ishlovchisidagi FileListBox1ning OnDblClick holatiga quyidagi dastur matnini kiritamiz: Procedure TForm1.FileListBox1DblClick(Sender:TObject); begin with MediaPlayer1 do begin Close; FileName:=FileListBox1.FileName; Open; Play; end; end; Dasturni yuklab natijani ko'rishingiz mumkin. Dastur bajarilish vaqtida MediaPlayer obyektining yoki videoklippning joriy holatini namoyish qilish zaruriyati tug'ilib qolishi mumkin. Buning ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
337.81 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
337.81 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:14 ]
Arxiv ichida: doc