Multimedia texnologiyalari Reja: Multimediya texnologiyalari Multimediyaning rivojlanishi Lokal va global tarmoqlar Multimedia (lotincha - ko'p va - vositachi bo'lmoq) - kompyuterning matn, grafik, tovushli va videoma'lumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi. Ana shunday qurilma o'rnatilgan kompyuter multimedia kompyuter deyiladi. Hozirda deyarli barcha kompyuterlar multimedia qurilmalar bilan ta'minlangan. Bularga SE-KOM, SE-KU kompakt disklarini o'qiydigan disk yurituvchi qurilmalar, tovush platalari, videokartalar va boshqalar kiradi. Keyingi vaqtlarda multimedia qurilmalar standartiga grafik tezlatgichlar va katta hajmli universal kompakt disklar ham qo'shildi. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi: - axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro'yxatdan o'tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; - muayyan vaqtdagi ish, o'z tabiatiga ko'ra statik bo'lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig'ida ko'rib chiqiladi. Multimedia vositalari asosida o'quvchilarni o'qitish quyidagi afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o'zlashtirish imkoniyati bor; b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; g) olingan bilimlar kishi xotirasida o'zoq muddat saqlanib, kerak bo'lganda amaliyotda qo'llash imkoniyatiga erishiladi. Shuni aytib o'tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo'lida jahon Valyuta Fondi, Umumjahon banki, Yevropaittifoqi komissiyasi kabi nufo'zli tashkilotlar katta tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch hosil qildik. Avvalombor, o'quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish taxsinga sazovordir. LOKAL, MINTAQAVIY VA GLOBAL TARMOQLAR HAQIDA Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo'ladi. Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz tasavvur qilib bo'lmaydi.Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir. Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi obyektlar tarmoq obyektlari deyiladi. Tarmoq obyektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin: 1. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:14 ]
Arxiv ichida: pptx