Multimedia vositalari asosida amaliy va laboratoriya ishlarini tashkil qilish Reja: Multimedia vositalari orqali laboratoriya mashqlarini o'tkazish. Astrofizikadan laboratoriya mashqini olib borish metodi. Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarda kompyuterda imitatsion model orqali amalga oshirish jarayoni orqali o'quvchilarga ko'rsatiladi. Bu esa o'z navbatida, bir tomondan, laboratoriya ishlariga oid mashg'ulotlarni o'tkazish uchun sarflanadigan xom-ashyo va shunga o'xshash materiallarni tejashga olib kelsa, ikkinchi tomondan, obyektlar ustida olib borilayotgan laboratoriya ishlarini to'g'ridan-to'g'ri ko'rish, kuzatib borish, mulohaza yuritish, o'zaro fikr almashinishdek foydali imkoniyatlar yaratadi. Quyida biz astrofizikadan «qizilga siljish va masofa bog'lanishi» mavzusiga kompyuterda olib borish uchun mo'ljallangan ishning metodikasini keltiramiz. Ishning maqsadi. Bu ish galaktikalar spektrida chiziqlarni qizilga tomon siljishini o'lchash va siljish miqdori bilan masofa (galaktikaning uzoqligi) orasidagi bog'lanishni, Xabbl doimiysini aniqlashga qaratilgan. Ishni bajarish uchun osmonning yorug galaktikalar ko'rinadigan 6 ta maydonchasi tanlangan: bular Katta Ayiq-1 (Ursa Major-1), Katta Ayiq-2 (Ursa Major-2), Veronika sochlari (Coma Verenices, 12h59m, 9741), ho'kizboqar (Boots, 14h30m, 3129), Shimoliy toj (Corona Borealis, 15h25m, 2730) va qavs (Sagittarius, 17h42m, 2900). Bu maydonchalar xar birida bir necha yorug galaktiklar bor. Ish birinchi marta boshlanganda ekranda Veronika Sochlaridagi galaktikalar ko'rinadi. Keyin boshqa maydonchalarga o'tish mumkin. Bu amal teleskop ochilgandan «Dome» to'g'risida «open» va uning soat mexanizmi ishga tushirilgach, «Tracking» to'g'risida «on» paydo bo'lgach ishga tushadigan «Field» nomli tugma yordamida bajariladi. Ishlash uchun uchta teleskop qo'llaniladi: obyektivining diametri 0.4 m, 0.9 m va 4.0 m (Kitt Pik Observatoriyasi). Galaktikalar spektrida kaltsiy ionining(Ca II) ikkita chizig'i va CN molekulyar polosa G 4305 Å shammavaqt kuzatiladi. Bu chiziqlar yulduzlar spektrida ham bor. Yulduzlar spektrida ko'plab chiziqlar orasidagi Sa II ning N va K chiziqlari va G polosa (tasma) ko'rinadi, galaktikalar spektrida faqat ana shu uchta chiziq ko'rinadi, biroq ular o'z o'rinlaridan spektrni qizil kismi tomon siljigan sholda ko'rinadilar. Siljish miqdori galaktikani yorug'ligiga va uzoqligiga bog'liq. Xira galaktikalar bizdan juda uzoqda joylashganlar. Ana shu siljish miqdorini o'lchash yo'li bilan qizilga siljish topiladi. Galaktika qancha xira va kichik ko'rinsa uning chiziqlarini qizilga siljishi shuncha katta. Masalan bunday galaktikalarni «Ursa Major»(Katta Ayik yulduz turkumi)da ko'rish mumkin. Galaktikani ko'rinma yorug'ligi bilan qizilga siljishi orasidagi chiziqiy bog'lanish mavjud. Ishning maqsadi ana shu bog'lanishni aniqlashdan iborat. Bu bog'lanishni amerikalik olim Xabbl (1929 y.) kashf etgan va Xabbl qizilga siljishi va masofa bog'lanishi deb ataladi. Ishni bajarish uchun kerakli qurollar: Kompyuter Pentium II, CLEA laboratoriya ishlari yozilgan CD-ROM yoki 3.5 dyumli disketa, daftar va qalam, astronomik kalendar va A. Mixaylovni «Yulduzlar osmoni atlasi». Ishni bajarish tartibi: SLEA laboratoriya ishlari yozilgan SD-ROM yoli disketani ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
145.37 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
145.37 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:14 ]
Arxiv ichida: doc