Murakkab ma'lumotlar turlari strukturalar (dasturlash) Reja: Strukturalar haqida. Strukturalar va massivlar. Birlashmalar. O'zgaruvchilarning qo'shimcha turlari. Struktura bu turli tipdagi ma'lumotlarning birlashtirilgan tipdir. Struktura har xil tipdagi elementlar-komponentalardan iborat bo'ladi. Strukturalar quyidagicha ta'riflanishi mumkin: struct struturalitipnomi Elementlarta'riflari Masalan: struct Date int year; char month, day; ; Dasturda tuzilma turidagi o'zgaruvchi quyidagi shaklda kiritiladi: Tuzilmanomi identifikatorlarningro'yxati; Masalan: Date s1, s2; Misol uchun: struct complex double real; double imag; Bu misolda kompleks sonni tasvirlovchi strukturali tip complex kiritilgan bo'lib, kompleks son xaqiqiy qismini tasvirlovchi real va mavxum qismini tasvirlovchi imag komponentalaridan iboratdir. Konkret strukturalar bu holda quyidagicha tasvirlanadi: complex sigma,alfa; Quyidagi misolda kasr sonni tasvirlovchi numerator -sur'at va denominator-maxraj komponentalaridan iborat struktura ta'rifi keltirilgan. struct fraction; int numerator; int denominator; Bu holda konkret strukturalar quyidagicha tasvirlanishi mumkin: fraction beta; Strukturalar ta'riflanganda konkret strukturalar ro'yxatini kiritish mumkin: struct struturalitipnomi Elementlarta'riflari Konkretstrukturalarro'yxati. Misol: struct student char name[15]; char surname[20]; int year; student1, student2, student3; Bu holda student strukturali tip bilan birga uchta konkret struktura kiritiladi. Bu strukturalar student ismi (name[15]), familiyasi (surname[20]), tugilgan yilidan (year) iborat. Strukturali tip ta'riflanganda tip nomi ko'rsatilmay, konkret stьrukturalar ro'yxati ko'rsatilishi mumkin: struct Elementlarta'riflari Konkretstrukturalarro'yxati. Quyidagi ta'rif yordamida uchta konkret struktura kiritiladi, lekin strukturali tip kiritilmaydi. struct char processor [10]; int frequency; int memory; int disk; IBM486, IBM386, Compaq; Strukturalarga murojaat. Konkret strukturalar ta'riflanganda massivlar kabi initsializatsiya kilinishi mumkin. Masalan complex sigma =1.3;12.6; goods coats=pidjak,400,7.5,220, 12.01.97); Bir xil tipdagi strukturalarga qiymat berish amalini qo'llash mumkin: Complex alfa; alfa=sigma; Lekin strukturalar uchun solishtirish amallari aniklanmagan. Strukturalar elementlariga quyidagicha murojaat kilish mumkin: Struktura nomi.elementnomi. 'Nuqta amali' struktura elementiga murojaat kilish amali deyiladi. Bu amal qavs amallari bilan birga eng yuqori ustivorlikka egadir. Misol: Complex alfa=1.2,-4.5,betta=5.6,-7.8),sigma; Sigma.real=alfa.real+betta.real; Sigma.imag=alfa.imag+betta.imag; Konkret strukturalar elementlari dasturda aloxida kiritilishi va chiqarilishi zarurdir. Massivlar strukturalar elementlari sifatida. Massivlarni strukturalar elementi sifatida ishlatilishi xech kanday kiyinchilik tug'dirmaydi. Biz yuqorida simvolli massivlardan foydalanishni ko'rdik. Strukturalar massivlari. Strukturalar massivlari oddiy masivlar kabi tasvirlanadi. YUqorida kiritilgan strukturali tiplar asosida quyidagi strukturalar massivlarini kiritish mumkin: Struct goods list[100]; complex set [80]; Bu ta'riflarda list va set strukturalar nomlari emas, elementlari strukturalardan iborat massivlar nomlaridir. Konkret strukturalar nomlari bo'lib set[0],set[1] va xokazolar xizmat qiladi. Konkret strukturalar elementlariga quyidagicha murojaat qilinadi: set[0].real- set massivi birinchi elementining real nomli komponentasiga murojaat. Strukturalar va funksiyalar. Strukturalar funksiyalar argumentlari sifatida yoki funksiya qaytaruvchi qiymat kelishi mumkin. Bundan tashqari ikkala holda ham strukturaga ko'rsatkichlardan foydalanish mumkindir. Misol uchun kompleks son modulini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.11 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.11 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:14 ]
Arxiv ichida: doc