Mustaqil xalq uchun erkin tizim Alxamdulillax, Allohga behisob shukurlar bo'lsin, Vatanimiz ozodlik va mustaqillikka erishdi. Diyorimizning tarixi butun jahon tarixida alohida va hurmatli joyga ega. Bizning yurtimizda jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga o'zining beqiyos hissalarini qo'shgan ulug' allomalarimiz faoliyat ko'rsatib, ilm-fan asoslariga takrorlanmas ulush qo'shganlar. Zamonaviy matematika va informatika fanlarini qad tiklashga Mirzo Ulugbek, Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Fargoniy kabi buyuk bobokalonramizning mehnatlari singanligi haqida butun jahon jamoatchilik tarafidan etirof qilingan. O'tmishda ota-bobolarimiz yuksak ma'rifat sohiblari baxt saodatni Ozodlik, Erkinlikda ko'rganlar, shuningdek Vatan va xalq istiqboli, baxtiyor turmush, fan va madaniyat taraqqiyotiga bevosita bog'liq ekaninligini o'rgatishgan. Bugungi kunda mustaqil davlatimiz fan va taraqqiyotning yuksalishiga alohida etibor berib, rivojlangan davlatlar qatori harakat qilmoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalarining taraqqiy etishi bizni, yani kompyuter sohasi hodimlarini quvontirmoqda. Bizning sohani yanada rivojlantirish uchun qo'limizdan kelgancha yangi, yuksak texnologiyalarning kirib kelishini ta'minlashimiz zarur. Dunyoda shaxsiy kompyuterlarni unumli ishlatish uchun yangi tizimlar paydo bo'lmoqda. Masalan, 2001 yilda chiqqan barchaga taniqli, mashhur Maykrosoft firmasining Windows XP operatsion tizimi o'rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi, hamda yangi Windows 7 tizimining yaratilishi haqidagi ma'lumotlar hammani qoyil qoldiryapti. Lekin Maykrosoft kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa tizimlarning borligi va ulardan Linuks nomli tizimning rivojlanib kelishi ham malum. O'zbekiston diyorida Linuks operatsion tizimi haqida eshitmagan kompyuter foydalanuvchilari bo'lmasa kerak, biroq ko'pchilik uchun bu mavzu notanish va qandaydir hijolatli bo'lishi mumkin. Dunyoda esa Linuks - eng tez taraqqiy etayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir emas. Hozirda, xatto yiliga ikki marta yangilanib chiqayotgan Linuksning turli tizimlari ham mavjud. Shu qatorda, ajoyib Farangiston o'lkada chiqayotgan Mandriva nomli operatsion tizimni tarqatish to'plami (distributivi) Linuks turdagi opertsion tizim bo'lib, 2003 yildan boshlab [1], o'zbek tiliga o'girilib kelmoqda. Mandriva asosida Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash markaz-ida yangi operatsion tizim DOPPIX tuzilishi, milliy axborot texnologiyalar mutaxassislarini qiziqtirib, shod etmoqda. Lekin milliy operatsion tizim yaratilayotgan va Ommaviy axborot vositalarda bu haqida habarlar tarqatilayotgan bir vaqtda Linuks operatsion tizimining tarixi o'zbek tilida etarli ravishda yoritilgan emas. Ushbu maqolada Linuks tarixi haqida ma'lumotlar ketma-ket, izchillik bilan to'planib, etishmagan manbalarni tuldirishda xizmat qilishiga umid qilamiz. Tarixda Linuksning ikki o'tmishdoshi malum, bu Yuniks(Unix) -ko'p foydalanuvchilarga mo'ljallangan operatsion tizim, hamda GNU(GNU) loyihasi. Shuning uchun bayonimizni Yuniks tizimining tarixidan boshlaymiz. Hammasi o'yindan boshlangan ekan Siz ishonmaysiz, jiddiy va mustahkam Yuniks tarixi Ken Tompson (Ken Thompson) tomonidan yozilgan, kichik bir o'yindan boshlangan ekan. Bu fikrni tushunish uchun o'tmishga nazar tashlash kerak. Uzoq 1964 yilda GE-645 rusumli kompyuter uchun yangi Multiks nomli operatsion tizimni yaratish ustida ishlar boshlangan ekan [2]. Loyihaning tashabbuschisi Bell ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1018.58 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1018.58 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:14 ]
Arxiv ichida: doc