Muxandislik dasturlarining sinflanishi va ularning qo'llanilish sohalari

Muxandislik dasturlarining sinflanishi va ularning qo'llanilish sohalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Muxandislik dasturlarining sinflanishi va ularning qo'llanilish sohalari - rasmi

Material tavsifi

muhandislik dasturlarining sinflanishi va ularning qo'llanilish sohalari Reja: muhandislik dasturlarining qo'llanilish ahamiyati. Avtomatlashtirish to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Dastur ma'lumotlarga ishlov berish jarayonining formallashgan tavsifi sifatida. Dasturiy vosita Dasturlashtirishning bosh maqsadi ma'lumotlarga ishlov berish jarayonlari (bundan buyon jarayonlar deb ataladi) ni tavsiflashdan iborat. Axborotga ishlov berish bo'yicha xalqaro federatsiya (IFIP) da qabul qilinganidek, ma'lumotlar (data) bu qandaydir jarayonda uzatish va qayta ishlash uchun yaroqli bo'lgan formallashgan ko'rinishdagi faktlar va g'oyalarning taqdimotidir, axborot (information) esa ma'lumotlarni taqdim etishda ularga berilgan ma'noni bildiradi. Ma'lumotlarga ishlov berish (data processing) ushbu ma'lumotlar ustida muntazam ketmaketlikdagi amallarni bajarish demak. Ma'lumotlar ma'lumot tashuvchilarda taqdim etiladi va saqlanadi. Ma'lumotlarga bironbir ishlov berish paytida qo'llanadigan ma'lumot tashuvchilar majmuini axborot muhiti (data medium) deb ataymiz. Axborot muhitida ma'lum bir vaqt mobaynida mavjud bo'lgan ma'lumotlar to'plamini ushbu axborot muhitining holati deb ataymiz. Jarayonga esa shunday ta'rif berish mumkin: jarayon bu biron-bir axborot muhitida o'zaro almashinib keluvchi holatlar ketma-ketligi. Jarayonga tavsif berish - bu berilgan axborot muhitidagi holatlar ketma-ketligini aniqlash demak. Agar biz talab qilinayotgan jarayon unga berilgan tavsifga ko'ra biron-bir kompyuterda avtomatik tarzda hosil bo'lishini xohlasak, bu holda ushbu tavsif formallashgan bo'lishi lozim. Bunday tavsif dastur deb ataladi. Bu o'rinda dastur insonga ham tushunarli bo'lmog'i lozim. Chunki dasturlarni ishlab chiqishda ham, ulardan foydalanishda ham ushbu dastur aynan qanday jarayonni yuzaga keltirayotganini aniqlab olishga to'g'ri keladi. Shu bois dastur inson uchun qulay bo'lgan formallashgan dasturlash tilida tuziladi hamda translyator deb ataluvchi boshqa bir dastur yordamida avtomatik tarzda tegishli kompyuter tiliga o'tkaziladi. Inson (dasturchi) o'zi uchun qulay dasturlash tilida dastur tuzishdan avval, katta tayyorgarlik ishini olib borishi lozim: masalaning qo'yilishini aniqlab olish, uni yechish usullarini tanlash, talab qilinayotgan dasturni qo'llashdagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash, ishlab chiqilayotgan dasturni tashkillashtirishning umumiy jihatlariga aniqlik kiritish va h.k. Bu axborotdan foydalanish inson uchun dasturni anglab yetish masalasini ancha osonlashtirishi mumkin. Shuning uchun uni alohida hujjatlar ko'rinishida qayd etib borish g'oyat foydalidir (bu o'rinda bunday hujjatlar odatda formallashmagan bo'lib, faqatgina tushunchalarga oydinlik kiritishga mo'ljallangan bo'ladi). Odatda dasturlar ularni ishlab chiqishda ishtirok etmaydigan insonlar (ular foydalanuvchilar deb ataladi) foydalana oladigan qilib ishlab chiqiladi. Dasturni o'zlashtirish uchun foydalanuvchiga uning matnidan tashqari yana qandaydir qo'shimcha hujjatlar ham kerak bo'ladi. Ma'lumot tashuvchilardagi dasturiy hujjatlar bilan ta'minlangan dastur yoki mantiqan bog'langan dasturlar majmui dasturiy vosita (DV) deb ataladi. Dastur ma'lumotlarga kompyuterda ba'zi bir avtomatik ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Dasturiy hujjatlar dasturiy vositaning u yoki bu dasturi qanday vazifalarni bajarishini, dastlabki ma'lumotlarni qanday tayyorlash va talabdagi dasturni qanday ishga tushirish kerakligini, shuningdek olinayotgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.39 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.39 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga