MYSQL MBBT muhitida relyatsion modelni amalga oshirish Reja: Umumiy tushuncha. SQL tilining tuzilish asoslari SQL tili operatorlaridan foydalanish. Oddiy so'rovlar. ma'lumotlarni tavsiflash. ma'lumotlar bazasini yaratish. Jadvallarni yaratish. SELECT ma'lumotlarni tanlash operatori SQL tilining ma'lumot turlari INSERT ma'lumotlarni kiritish operatori: Umumiy tushuncha. ma'lumotlar bazasini yaratish predmet sohasini o'rganishdan boshlanadi. Bu paytda to'planadigan va foydalanuvchiga taqdim etiladigan axborotning quyidagi xususiyatlariga alohida etibor beriladi: To'laqonlik. Axborot to'laqonligi obyekt faoliyatining u yoki bu tomonlarining miqdoriy va sifat parametrlarini aniq belgilash hamda mos qarorlarni ishlab chiqarishda ifodalaniladi. Axborotning noto'laqonligi qarorlar qabul qilishda xatolarga olib kelishi mumkin. Ishonchlilik qabul qilinadigan qarorlar samaradorligi saqlanadigan etib kelgan va natijaviy axborotlarda muayyan darajada buzilishlarga yo'l qo'yadi. Axborotni qabul qilishning bemalolligi vaqt birligida ma'lumotlarni qabul qilish tezligi bilan belgiladi. Shu bois ham ma'lumotlar ko'proq jadval shaklida beriladi, u nafaqat axborot mazmunini ochib beradi, balki yengil qabul qilinadi ham. ma'lumotlarning dolzarbligi muayyan vaqt mobaynida aniq vazifani amalga oshirish uchun yaroqligini ifodalaydi. Shu bois ham dolzarblik, hozirjavoblik va tezkorlik axborotga xos xususiyatlardir. Kechikmaslik axborotning qulay yoki belgilangan vaqtda kelib tushishini anglatadi. Bu talabni buzish axborotni qadrsizlantiradi. Aniqlik uning to'g'riligini anglatadi. Axborotning aniqligi uning barcha iste'molchilar tomonidan bir xil qabul qilinishini ta'minlaydi. Tezkorlik vaqt o'tgach axborot eskirishi va dolzarbligini yo'qo-tishini aks ettiradi. Axborotning o'z vaqtida qabul qilinmasligi qaror qabul qilishni kechiktiradi, oqibatda qabul qilinayotgan qarorlar o'zgaruvchan sharoitda talabga javob bermaydi. Axborot qanchalik tezkor bo'lsa, u shunchalik qimmatli bo'ladi. Axborotning qimmati aniqlik darajasi oshgani sayin yoki xabar qilinayotgan va aniq natijalar o'rtasidagi farq kamayganda tez ko'tariladi. To'liqroq va ishonchli axborot to'g'ri qarorni qabul qilishni ta'minlaydi. ma'lumotlar bazasiga kiritiladigan ma'lumotlarni aniqlangandan keyin bu ma'lumotlar bazasini tashkil etishda foydananiladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimini (MBBT) tanlash lozim. MBBT o'z tasniflanishining muhim belgilaridan biri bo'lgan ma'lumotlar modeli turlaridan birini (tarmoqli, ierarxik yoki relyatsion) ta'minlaydi. MBBT ma'lumotlar bazalarining ko'p maqsadli tavsifini, ma'lumotlarni himoyalash va qayta tiklashni amalga oshiradi. Rivojlangan muloqot vositalari va yuqori darajali talablar tilining mavjudligi MBBTni oxirgi foydalanuvchi uchun oson vositaga aylantiradi. Axborot tizimlari murakkab ma'lumotlar strukturasini barpo etishni talab qiladi. Murakkab strukturlashgan ma'lumotlarni boshqarish mas'uliyatini o'ziga oluvchi axborot tizimlarini umumiy qismini ajratishga va umumlashtirishga intilishlar ―ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini‖- (MBBT) yaratishga birinchi asosli sabab bo'ladi. To'liq variantda MBBT quyidagi komponentlardan tuzilishi mumkin: Klaviatura orqali ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri boshqarish imkonini beruvchi foydalanuvchining muhiti; Interpretator sifatida ish yurituvchi, ma'lumotlarga ishlov berish amaliy tizimini dasturlashning algoritmik tili. Interpretator dasturlarni tez tuzish va maromiga yetkazish imkonini beradi; Mustaqil EXE-fayl shaklidagi tayyor tijorat mahsulotiga tugallangan dastur ko'rinishini beruvchi kompilyator; Ko'p mehnat talab ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.68 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.68 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:14 ]
Arxiv ichida: docx