Normallashtirish normal formalar normalashtirish Relyatsion MB munosabatlarida strukturali va semantik axborotlar saqlanishi mumkin. Strukturaviy axborotlarni biz munosabat sxemalar yordamida bilamiz. Semantik axborotlar esa munosabat sxemalarda malum bo'lgan va hisobga olinadigan va atributlar o'rtasidagi funksional bog'lanishlar bilan ifodalanadi. MB sidagi munosabatlarda atributlarni tarkibi 2 quyidagi talabga javob berishi kerak. 1. Atributlar o'rtasida noxush funksional bog'lanishlar bulmasligi kerak. 2. Atributlar guruhlanishi ma'lumotlar takrorlanishidan eng kam holatining tahlillash kerak va ular qayta ishlash va tiklashni qiyinchiliksiz amalga oshirilishi kerak. 3. qo'yilgan MB munosabatlari normallashadi. Munosabatlar normalashtirish MB da berilgan munosabatlarni dekompozitsiya (ajratish) jarayoni yordamida sodda va kichik munosabatlar hosil qilishdir. Har bir munosabatda kortejlar identifikator kalitiga ega bo'lishi kerak. Kalit quyidagi ikkita xossaga ega bo'lishi kerak: 1. Kartej kalit qiymati bilan bir qiymatli ifodalanishi kerak; 2. Kalitda ortiqchalik bo'lmasligi kerak. Bu degani hech qanday atributni kalitdan olib tashlash mumkin emas. Relyatsion MB da informatsiyalarni ortiqchaligini normallashtirish yo'li bilan kamaytiriladi. Jadvallar ustida har xil amallar barish mumkin. Bu amallarni tartiblab ishlab chiqqan odam Kodd. Amallarga quyidagilar kiradi: To'plamlar ustida birlashtirish, kesishuv, ayirma, dekart ko'paytma va bo'lish amallari kiradi. Maxsus relyatsion amallar, ularga: proleksiya, birlashtirish, ajratish (tanlab olish) amallari kiradi. Munosabatlar ustida amalni bajarish uchun ishlatiladigan tillarni ikki sinfga ajratishimiz mumkin: Relyatsion algebra tillari; Relyatsion hisoblash tillari. Munosabatlar o'z mazmuniga qarab ikki sinfga ajratiladi: obyektli munosabatlar; Bog'lanuvchi munosabatlar; obyektli munosabatlarda obyektlar haqidagi munosabatlar saqlanadi. Masalan, talaba munosabati. Bog'lanish munosabatlarida asosan, obyektli munosabatlarning kalitlari saqlanadi. Kalit atributlari oddiy va murakkab bo'lishi mumkin. Agar kalit ikkita va undan ortiq atributdan tashkil topgan bo'lsa, murakkab hisoblanadi. MB uzluksiz o'zgarib turadi. Unda yangi ma'lumot elementlari qo'shiladi. Ular orasida yangi aloqalar yoki bog'lanishlar o'rnatiladi va ularni qayta ishlashni yangi usullari qo'llaniladi. Bu jarayonda imkoni boricha foydalanuvchi yaratgan MB bilan ishlash uchun yaratilgan programma ilovasini kam o'zgartirishga harakat qiladi. Bu muammoni hal qilish uchun ma'lumot elementlarini asosli ravishda guruhlarga birlashtirish va ular uchun kalitlarni aniqlash yo'li bilan hal qilinishi mumkin. Hozirgi kunda axborot tizimlarni ishlab chiqaruvchilar ma'lumotlarni 3 - normal formada tasvirlab ishlatishni taklif etadilar. Funksional bog'lanish tushunchasi Relyatsion MB da ma'lumotlarni strukturasidan tashqari ularni sxematik informatsiyasiga ham etibor beriladi. MB ni strukturasi haqidagi informatsiya munosabat sxemasi yordamida beriladi. Sxematik informatsiyalar esa atributlar orasidagi funksional bog'lanishlar orqali ifodalanadi. MB munosabatlarida atributlarni tarkibini quyidagi talablarga javob beradigan qilib guruhlash kerak: Atributlar orasidagi zaruriy bo'lmagan takrorlanishlar bo'lmasligi kerak. Atributlarni guruhlaganda ma'lumotlar takrorlanishi minimal darajada qilib ta'minlanishi kerak. Bu bevosita ma'lumotlarni tez qayta ishlash imkonini beradi. Bunga normallashtirish jarayoni yordamida erishiladi. Normallashtirish deganda berilgan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.21 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.21 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:15 ]
Arxiv ichida: doc