Normallashtirish. Normal formalar. 1,2,3-normal formalar. Normallashtirish ustunliklari va kamchiliklari Reja: Normallashtirish. Normal formalar. 1,2,3-normal formalar. Normallashtirish ustunliklari va kamchiliklari. ma'lumotlar bazasini normallashtirish Normallashtirish - bu ma'lumotlarni qo'shishda, o'zgartirishda va o'chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo'laklarga jadvalni bo'lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma'lumotlar bazasini olishga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, yahni ma'lumotlar ortib ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejam foydalanlish maqsadida qilinmay, balki saqlanayotgan ma'lumotlar orasida qaramaqarshiliklarni bartaraf qilish uchundir. Har bir jadval relyatsion ma'lumotlar bazasida shunday shartlarni qoniqtiradiki, unga ko'ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har doim yagona atomar qiymat joylashadi va hech qachon ko'p miqdorda xuddi shunday qiymatlar bo'lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday jadval normallashgan deyiladi. Umuman olganda normallashmagan jadvallar, yahni takrorlanuvchi ma'lumotlar guruhiga ega jadvallar relatsion ma'lumotlar bazasiga kiritilmaydi. Har qanday normallashgan jadval avtomat ravishda birinchi normal formada, qisqacha 1NF, deb hisoblanadi. Shunday qilib, umuman olganda, normallashtirilgan va 1NF da joylashgan bitta mahnoni anglatadi. Lekin amaliyotda normallashtirilgan atamasi ko'proq tor mahnoda islatiladi - to'liq normallashtirilgan, yahni proyektda normallashtirishning hech qaysi prinsipi buzilmayapti degan mahnoda. Keyingi pog'onadagi normallashtirishlarni ko'rib chiqamiz - ikkinchi normal forma (2NF), uchinchi normal forma (3NF) va hokazo. Umuman olganda, jadval 1NF da bo'lsa va undan tashqari yana bir qo'shimcha shartni qoniqtirsa, uning mahnosi keyinroq ko'rib o'tiladi. Jadval 3NF da deyiladi, qachonki u 2NF dab o'lsa va yana bir qo'shimcha shartni qoniqtirsa va hokazo. Har bir normal forma qandaydir mahnoda oldingisiga qaraganda ancha chegaralangan, lekin mahqulroqdir. Bu shunga bog'liqki, N-chi normal forma ega bo'lgan bahzi yoqimsiz tomonlariga (N+1)-chi normal forma ega emas. N-chi normal forma ga qarab (N+1)-chi normal formaga qo'yilgan qo'shimcha shartning umumiy mahnosi ana shunday yoqimsiz tomonlarni yo'qotishdan iborat. Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu bog'liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog'liqliklarning ikki turi aniqlangan. Funsional ko'p qiymatli Funsional bog'liqlik: Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli qiymatiga mos ravishda albatta B maydonning har bir turli qiymatidan faqat bitta qiymati bo'lsa, jadvalning B maydoni huddi shu jadvalning A maydoniga Funsional bog'langan deyiladi. Aytib o'tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qiluvchilar bo'lishi mumkin. To'liq Funsional bog'liqlik: B maydon A tashkil qiluvchiga to'liq Funsional bog'liq bo'ladi, agar u A ga Funsional bog'liq bo'lsa va A maydonning boshqa qitymatlariga bog'liq bo'lmasa. Ko'p qiymatli bog'liqlik: A maydon huddi shu jadvalning B maydonini ko'p qiymatli aniqlaydi, agar A maydonning har bir qiymatiga mos ravishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo'lsa. Ko'p Funsional bog'liqlikga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.43 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.43 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:15 ]
Arxiv ichida: doc