Reja: 1. Norton komandasi vazifalari. 2. Norton komandasi oynalarv va funktsional klavishlari. 3. Norton komandasi orqali fayllar bilan ishlash. 1. Bu dastur 1986 yilda AQSHlik Piter Norton tomonidan yaratilgan. Dasturning asosiy ishi kompyuter bilan foydalanuvchi o'rtasidagi muloqotni engillashtirishdir. Kompyuterda Norton komandalari orqali ishlash uchun vinchesterga Norton dasturiga oid bo'lgan fayllar yoziladi. NC tartibida ishlashga ikki xil usulda utish mumkin. 1-usul. Kompyuter ulanganda NC tartibiga o'tishni DOS ning o'ziga yuklash. (Buning uchun autoexec.bat fayliga tegishli farmoyish qo'shiladi). 2-usul. NC katalogiga kirib ps.exe faylini ishga tushirish. DOS dan NCga o'tish. C:cd ns C:NC ps.exe Kompyuter NC tarkibiga yotganda ekranda quyidagi tasvir chiqadi. U NC ning boshqaruv paneli deyiladi. NC tartibida ekran 4 qismga bo'linadi: yuqorida o'ng va chap panellar; ularning ostida- MS DOS farmoyishlari uchun satr; eng pastda -NC menyusi. Panellarda fayllar kutubxonasi haqida axborotlar aks etadi. Panellar bir biridan mustaqil, ya'ni bir-biriga bog'liq emas. Har bir panel yuqorisida joriy sektor yoki katalog, ichida esa uning mundarijasi tasvirlanadi. Masalan: sektordagi LEXICON katalogida fayllar ruyxati turibdi. Bu ruyxatning boshidagi (ikki nuqta) joriy katalog tub emasligini, bosh katalogga chiqish yo'lini bildiradi. Har bir panel ostida ajratilgan fayl kompyuter xotirasidan qancha joy egallagani haqida ma'lumot aytib turiladi. Panellarda-fayllar ustida amallar bajarish mumkin. Panellarda ishlash klaviatura va sichqoncha orqali amalga oshiriladi. NC tartibida ishlash jarayonida panellardan biridagi joriy katalog yozuvi panel fonidan boshqacha rangda bo'lib, shu panelning faol ekanligini anglatadi. Faol paneldagi katalog yoki fayllardan biri ham boshqa rangdagi to'rtburchak ichida bo'ladi. Bu to'rtburchak odatda kursor deyiladi. Kursor belgisi tugmalar bilan quyidagicha harakatlantiriladi: -chapdagi ustunga sakraydi; -bir satr yuqoriga kutariladi; -o'ngdagi ustunga sakraydi; -bir satr pastga tushadi; Tab- bir paneldan ikkinchisiga o'tish; End-ruyxatning oxiriga tushadi; Nome- ruyxatning eng yuqorisiga chiqadi; PageUp- navbatdagi sahifani ochadi; PageDown- avvalgi sahifani qaytaradi. Kursorni biror failga olib kelib, ENTER klavishi bosilsa ikki hodisadan biri yuz beradi: 1. Agar kursor turgan fayl bajariluvchi fayl bo'lsa, u ishga tushadi. 2. Kursor matniy faylda turgan bo'lsa hech nima ruy bermaydi. Bizga ma'lumki bajariluvchi dastur-fayllar odatda exe, com, bat kabi kengaytmalar bilan belgilanadi. Demak, shunday kengaytmali fayllar kursor yordamida faollashtiriladi va u ishga tushib ketishi mumkin. Umuman dastur-fayllar bir-necha yo'sinda ishga tushiriladi. NC tartibda:-kursor shu fayl ustiga olib kelinib, ENTER klavishi bosiladi. DOS tartibida-faylgacha yo'l va nomi klaviaturadan terilgach ENTER klavishi bosiladi. 2. NC ning o'zi ham dastur bo'lganlign uchun, undan chiqib ketish kuzda tutilgan. Buning uchun: 1. F10 funktsional tugma bosiladi. Bunda kompyuter sizdan NCdan chiqmoqchimisiz? (Y yoki N) deb suraydi. 2. Agar U ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
318.32 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
318.32 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:15 ]
Arxiv ichida: doc