NUTQIDA NUQSONI BOR BOLALARNI OVOZ TALAFFUZINI YAXSHILASHGA QARATILGAN WEB DASTURIY TA'MINOT Annotatsiya Magistrlik dissertatsiyasida bolalarda nutq buzilishlarini aniqlash, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarni nutqini rivojlantirish usullarining samaradorligini baholash, hamda ovozli signallarni tahlil qilish usullaridan foydalanishning samaradorligi baholandi. Magistrlik dissertatsiya ishda koxlear implantlar haqida ma'lumotlar va ilmiy ish mavzusiga ta'luqli qator dasturiy ta'minotlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Spektrogrammalar, MEL koifsenti, nutqni aniqlash tizimlarini ishlab chiqish, signallarni qayta ishlash texnikasi bo'yicha tajribani o'z ichiga olagan. Jarayon nutq ma'lumotlarini yig'ish va qayta ishlash, dastur modellarini loyihalash va o'rnatish, tizimning ishlashini optimallashtirishni o'z ichiga oladi. Ovozli signallarni statistik tahlil natijalari taqdim etilgan va nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarni tovush talaffuzini yaxshilashga qaratilgan web platformaning texnik tuzilishi, imkoniyatlari va samaradorligi ko'rib chiqilgan. KIRISH Mamlakatimiz mustaqillikni qо'lga kiritgan davrni sarhisob qilsak, hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini kо'zlash va himoyalash jarayonida jamiyatimizning alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e'tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz. Nutqida nuqsoni bо'lgan bolalarni boshqa barcha bolalar bilan teng imkoniyatlarga ega bо'lishini ta'minlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish, tо'laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, о'zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish davlatimiz insonparvarlik siyosatining asosiy mazmunini tashkil etadi. Xususan eshitishda va nutqida nuqsoni bо'lgan bolalarni og'zaki nutqini muloqat quroli sifatida rivojlanitirish orqali ularni ma'naviy yetuk, har tomonlama uyg'un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni о'z zimmasiga olishga qodir bо'lgan yosh avlod sifatida tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng kо'lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yо'lda safarbar etish lozimligi bilan ifodalanadi [1]. Mavzuning dolzarbligi. Eshitishi zaif bolalarda reabelitatsiya jarayonida nutqni korreksiyallashga qaratilgan WEB platforma yaratish ushbu jarayonni samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu dissertatsiya ishining maqsadi: Nutqni tanish tizimlarini ishlab chiqishning zaruratini o'rganish. Nutq spektrogramma tasvirini hosil qilish hamda nutqni avtomatik tahlil qilish vositalarini ishlab chiqish. Tadqiqot ishining vazifalar. Eshitishi zaif bolalarda reabelitatsiya jarayonida nutqni korreksiyallashga qaratilgan WEB platforma uchun MFCC koeffitsientlarini qo'llash algoritmlari ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan MFCC koifsent algoritmlari yordamida WEB dasturiy ta'minot ishlab chiqildi. Dasturiy ta'minot mobil qurilmalarada sinovdan o'tkazildi. O'rganish obyekti. Eshitishi zaif bolalar. Tadqiqot usullari: Eshitishi zaif bolalarda reabelitatsiya jarayonida nutqni korreksiyallashga qaratilgan WEB platforma yaratish. Ilmiy yangilik: Eshitishi zaif bolalarda reabelitatsiya jarayonida nutqni korreksiyallashga qaratilgan WEB platforma yaratish uchun MFCC koeffitsientlari tanlangan. Amaliy ahamiyati. Eshitishi zaif bolalarda reabelitatsiya jarayonida nutqni korreksiyallashga qaratilgan WEB platforma uchun MFCC koeffitsientlarini qo'llash ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.01 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.01 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:15 ]
Arxiv ichida: pptx