Reja: OLE asoslari TOLEContainer obyekti OLE dasturiga misol OLE obyektini ma'lumotlar omborida saqlash OLE asoslari OLE so'zi Objects Linked and Embedded (Bog'langan va Ichki obyektlar - B va IO ) manosini bildiradi. Dasturlar orasida bo'linadigan ma'lumotlar OLE obyekt deyiladi. OLE obyektlarini saqlovchi dastur, OLE konteyner (OLE Container) deyiladi. Masalan, MicroSoft Word hujjatga grafik obyektlarni, audio hamda videokliplarni va boshqa ko'plab obeektlarni jamlashi mumkin (bunday hujjatni bazan tuzilgan hujjat - compound document deyiladi). Nomidan ko'rinib turibdiki, OLE obyektlarni OLE konteynerga qo'shish yoki unga o'rnatish mumkin. Birinchi holatda ma'lumotlar diskda fayl ko'rinishida saqlanadi va ixtiyoriy dastur ularga murojaat qilishi hamda o'zgartirishi mumkin bo'ladi. Ikkinchi holatda ma'lumotlar OLE konteyneriga o'rnatiladi va bu ma'lumotlarni faqat u ko'rishi va o'zgartirishi mumkin. Agar DDE yordamida matnlar bilan ishlash mumkin bo'lsa, OLE yordamida esa, dasturlarga ixtiyoriy tipdagi ma'lumotlarni kiritish mumkin. Xuddi DDEda ko'rib o'tganimizdek, mijoz dastur (OLE konteyner) ishlashi uchun OLE server mavjud bo'ltsht talab qilinadi. Mijoz dasturda ishlayotgan foydalanuvchi har safar OLE obyektga ko'rish yoki tahrirlash uchun murojaat qilganda server dastur ishga tushiriladi va ma'lumotlar shu yerda tahrirlanadi. TOLEContainer obyekti TOLEContainer obyekti System sahifasida joylashgan va OLE-konteyner dasturlarini tuzish uchun ishlatiladi. TOLEContainer OLEning hamma ichki murakkabliklarini yashiradi va dasturchi uchun ancha oddiy interfeysni taqdim qiladi. OLE obyektni ishlatuvchi oddiy dastur misolini ko'rib o'tamiz. Yangi loiha yarating va formaga TOLEContainer obyektini tashlang, obyektlar Inspektoridagi ObjClass yoki ObjDoc xususiyatlariga sichqonni ikki marta bosing - shunda Windowsning standart Insert Object muloqot oynasi ko'rinadi. 22-rasm. Insert Object muloqot oynasi Bu muloqot oynasida tizimda mavjud barcha OLE-serverlar ro'yxati keltirilgan. OLE-obyekt tipi siz tanlagan server tomonidan aniklanadi. Agar siz yangi obyekt yaratsangiz (Create New), u holda, OK tugmasi bosilgach, yangi obyekt yaratiladigan OLE-server ishga tushadi. Srver dasturidan chiqilgach, yangi OLE obyekt dasturga o'rnatiladi (embedded object). Yangi OLE obyektni serverlardan birining formatida saqlanuvchi mavjud fayl yordamida ham yaratish mumkin. Buning uchun Create from File bo'limini tanlash kerak. Keling misol sifatida dasturimizga Microsoft Word Document ni tanlab yangi obyekt yaratamiz. 23-rasm. OLE hujjati kiritilgan dastur OK tugmasini bossangiz MS Word yuklanadi va u yerda ixtiyoriy matnni terish mumkin. Ishni yakunlash maqsadida File|Close and Return to Form1 buyrug'ini tanlang. OLE-konteynerga sichqonni bosing - MS Word OLE-obyektdagi hujjat bilan paydo bo'ladi va uni tahrirlash mumkin, bu holda hamma o'zgarishlar OLE-obyektda saqlanadi. TOLEContainer dasturga obyektning o'z xususiyatlari bilan (yani uni turli darajada kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin - Zoom xususiyati) yoki piktogramma, ko'rinishida birga o'rnatadi. OLE-obyekt tanlovi faqat formalar dizayneri rejimida emas, balki dastur bajarilish vaqtida ham bajarilishi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.13 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.13 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: doc