Rеjа: 1. Obyektga yo'naltirilgan dаsturlаsh tushunchаsi 2. Inkuаpsulyasiya tushunchаsi 3. Vоrislik tushunchаsi 4. Pоlimоrfizm tushunchаsi OYP asosida bitta struktura (tuzilishda) da ma'lumotlarni va ular ustida bajariladigan amallarni birlashtirish g'oyasi yotadi. OYP uchta asosiy tushunchaga tayanadi: inkapsulyatsiya, vorislik va polimorfizm. Inkapsulatsiya - ma'lumotlar va shu ma'lumotlar bilan ishlaydigan protsedura va funksiyalar aralashmasini hosil qilishdir. Natijada ma'lumotlarning yangi turi-obyekt hosil bo'ladi. Vorislik-aniqlangan obyektlardan foydalangan holda ulardan kelib chiquvchi obyektlar iyerarxiyasini hosil qilish. Har bir «voris» o'z «ajdodi» dagi ma'lumotlar tavsifi va ulrni qayta ishlovchi usullar (metodlar) ni o'zlashtiradi. Polimorfizm-vorislik iyerarxiyasidagi barcha obyektlarga bir vaqtda qo'llanadigan, bir xil nomdagi amallarni (protsedura va funksiyalar) aniqlash imkoniyatidir. Bunda har bir obyekt bu amalni o'z ustida bajarilishida o'ziga xosliklarini buyurtma berishi mumkin. OYP murakkab programmalarni yozishni soddalashtiradi va bu jarayonga ixchamlik xususiyatini beradi. OYP ning asosiy afzalligi shundaki programma qo'llash sohasini o'zgartirishga dastruni o'zgartirmasdan, faqat obyektlar iyerarxiyasiga yangi o'zgartirishlar (satxlar qo'shish) orqali erishish mumkin. Obyektlarni aniqlash. Obyekt-tarkibida o'zaro bog'langan har xil turdagi o'zgaruvchilar (ma'lumotlar maydoni) va ularni qayta ishlaydigan protsedura va funksiyalardan (metodlar) tashkil topgan tuzilmadir. Obyekt turini aniqlash uchun Object maxsus so'z aniqlangan va u quyidagicha e'lon qilinadi. Obyektni e'lon qilishda metodlarning sarlavxalarigina yoziladi. Protsedura va funksiyalar e'loni programma e'lon qismining boshqa bo'lagida bo'lishi mumkin. Obyekt maydonlariga murojaat yozuv (Record) maydonlariga murojaat bilan bir xil («.» -nuqta va With operatori orqali). Lekin obyekt ma'lumotlariga quyidagicha murojaat ijobiy baholanmaydi. ObjPosVar.Line :5; ObjPosVar.Col :15; Umuman, OYPda obyekt ma'lumotlariga murojaat faqat metodlar orqali amalga oshiriladi. Obyektlarni e'lon qilishda ma'lum bir talablar bajarilishi kerak: - obyekt turi asosiy daturning (modullarining) Type bo'limida e'lon qilinishi mumkin. Qism-programmalarda lokal obyektlarni e'lon qilish mumkin emas; - obyekt turini aniqlashda ma'lumotlar maydoni metodlar maydonidan oldin kelishi kerak; - obyekt komponentasi sifatida fayl kelishi mumkin emas, va aksincha, fayl obyekt turidagi komponentaga ega bo'lishi mumkin emas. ObjPos obyekti orqali matn ekranidagi birorta belgi holati aniqlanadi. Endi belgini o'zini aniqlovchi va uning ustida ma'lum bir ish bajaruvchi ObjSym obyektini aniqlaylik. Agar bu obyektning aniqlanishiga e'tibor beradigan bo'lsak, unda ObjPos obyektidagi ma'lumotlar va Getline, GetCol funksiyalaridan foydalanilgan. Sym va Print komponentalari yangidan qo'shilgan va Init protsedurasi qaytadan yozilgan. Ko'rinib turibdiki, ObjSym obyekti ObjPos obyekti xususiyatlarini vorislik qilib olgan. Umuman aytganda, OYPda vorislik-bu obyektlarning oddiy tuzilishdan murakkab tuzilishga tomon obyekt xususiyatlarini olib o'tishi va rivojlanishidir. Vorislikni aniqlanishi. Bu misoldan ko'rinib turibdiki, Init protsedurasi Line, Col va ObjPos.Init komponentalarini vorislik bo'yicha ishlatmoqda. Obyektlarni aniqlashni xuddi shu yo'sinda davom ettirib belgini, uning ranglar atributi bilan birga aniqlovchi obyekni aniqlashimiz ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.92 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.92 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: doc