obyektlarning analitik modellarini qurish usullari Reja: 1.Texnologik tizimlarini tahlil qilish,sintez qilish va optimallashtirish. 2. Matematik modellashtirish va uning bosqichlari. 3. Matematik modelni qurish. 4) Mazmuniy modelni qurish. 5) Matematik ifodani tuzish. 6) Matematik model tenglamalarining tasnifi. 7) Modellashtirish algoritmi. Texnologik tizimlarini tahlil qilish sintez qilish va optimallashtirish Apparatlaroro texnologik oqimlar tuzilishi va texnologik oqimlar tizimi kirish parametrlari berilgan bo'lsa, texnologik tizimlarini tahlil qilishda, shu tizim texnologik oqimlarining chiqish va oraliq parametrlari va texnologik tizimlar apparatlarining konstruktiv va texnologik parametrlarining berilgan qiymatlari uchun effektivlik kriteriysi aniqlanadi. Ya'ni, texnologik tizimlarlarini tahlil qilishda, texnologik oqimlar tuzilishi va kirish parametrlari berilgan bo'lsa, unda chiqish va oraliq parametrlari aniqlanadi va texnologik tizimlarning effektivlik kriteriysi aniqlanadi (1-sxema). Texnologik tizimlarlarini optimallashtirishda apparatlararo oqimlar tuzilishi ma'lum bo'lganda, texnologik tizimning samaradorlik kriteriysi ko'rsatkichining optimal qiymatlari aniqlanadi( 2-sxema). Texnologik tizimlarning sintez qilishda, xom ashyodan kerakli mahsulot olish usuli ma'lum bo'lsa, optimal texnologik sxema ishlab chiqiladi(3-sxema). Odatda, texnologik tizimlarlarini tahlil qilish, optimallashtirish va sintez qilish masalalarini ishlab chiqarish sharoitida yoki tajriba moslamalarida yechish juda murakkab masala bo'lib, hamma vaqt ham yechish mumkin emasdir. Bu masalalarni yechilishi kimyoviy kibernetika usullarini qo'llash bilan ancha osonlashadi. Bunda, texnologik tizimlarning alohida jarayonlarning matematik ifodalari tuzilib, ular asosida butun tizim matematik ifodasi tuziladi. Bu matematik apparat yordamida hisoblash eksperimenti o'tkazilib, texnologik tizimlarning optimallashtirish, tahlil qilish va sintez qilish masalalarini yechish mumkin. EHM ni texnologik jarayonlari va tizimlarini tadqiq qilishda qo'llash Matematik modellashtirish Odatda texnologik obyektni o'rganishda ma'lum qiyinchiliklar bo'lsa, unda modellashtirish usullari qo'llaniladi (masalan, obyektning xavfsizligi bo'yicha tajriba o'tkazish mumkin bo'lmasa). Modellashtirilayotgan obyekt xususiyatlarini uning modelida olingan anologik xususiyatlarni tahlil qilish yo'li bilan o'rganishga modellashtirish deyiladi. Bunda model va obyekt o'xshash bo'lishi kerak. Odatda o'xshashlik fizik va matematik bo'ladi. Fizik modellashtirishda, obyekt xususiyatlari kichik masshtabli moslamalarda o'rganilib, u obyektni o'rganishni kam xarajatlar bilan o'tkazishga imkoniyat beradi. Fizik modellashtirishda obyektning ba'zi bir xususiyatlari modelda olingan natijalardan farqli bo'lishi mumkin.Shuning uchun odatda fizik modellashtirishda odingan natijalarni to'g'ridan-to'g'ri obyekt uchun qo'llab bo'lmaydi. Matematik modellashtirish usuli oxirgi 30-40 yil ichida juda tez rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlarini oshib borishi bilan matematik modellashtirish yo'li bilan texnologik jarayon xususiyatlarini o'rganish yaxshi natijalar bera boshladi. Matematik modellashtirish uch bosqichda olib boriladi: O'rganilayotgan jarayon matematik modelini tuzish, Asosiy parametrlar qiymatlarini hisoblash uchun masalani yechishni dasturlash(algoritmlash), Modelni o'rganilayotgan jarayonga adekvatligini aniqlash. Matematik modelni qurish obyektda ketayotgan hodisalarni ifodalaydagan matematik tenglamalar tizimsiga matematik model deyiladi. Shunga asosan, texnologik jarayonning matematik modelini tuzishni quyidagi uch aspektda ko'rishimiz mumkin: mazmuniy, analitik va hisoblash. Birinchi, obyektning fizik mohiyati ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
222.34 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
222.34 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: ppt