Ochiq axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini -o'zi himoyalash Reja: 1.Shaxs ruhiy kechinmalarining ijtimoiy borliq qadriyatlariga bog'liqligi. 2.Shaxs ongida g'oya va fikrning paydo bo'lishi. Mafkura va psixologik xavfsizlik muammolari. 3. Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlari. 4. Turli axborot- psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi. 5.Shaxsning ma'naviy- axloqiy takomili va o'zini-o'zi himoya qilish va boshqarish imkoniyatlari. 6. Ta'lim bilan qamrab olinmagan aholiga ziyolilar orqali sog'lom g'oyalarni yetkazish usullari. 1.O'z vaqtida Hindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandi shunday yozgan ekan: Men uyimning darvoza va eshiklarini maxkam berkitib o'tira olmayman.Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, xonadonimni ag'dar-to'ntar qilib,J o'zimni yiqitib tashlashini ham xoxlamayman. Bu so'zlarni bugungi informatsion xurujlar va turli xil ma'lumotlarning turli yo'llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib kelib, u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e'tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta'siri jarayonlari ma'nosida qo'llash ham mumkin.Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab, intenetomaniya kasaliga chalinish arafasida turgan O'zbekistonga ham yaxshi yomon ta'sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o'zini -o'zi psixologik jihatdan salbiy ta'sirotlardan himoya qila olish imkoniyatlarini kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir. Yaqinda Internet sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik Byukenenning Smert Zapada nomli kitobi paydo bo'ldi. E'tiborga molik jihati shuki, katta xajmdagi bir kitobning so'z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo'lgan voqealarni, G'arbning taqdirini jamiyat ma'naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug'ilish va aholining tabiiy o'sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag'ishlangan. Ming taassuf va afsus bilan u Yevropaamerikacha madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko'rsatishga qodir emasligini e'tirof etadi.Byukenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketishi, to'kin hayotga erishishga bo'lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga. Jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo'lgan munosabtlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganlini ochiq e'tirof etadi. Gedonezmning ma'nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o'zidagi ichki ruhiy iztiroblardan holi bo'lishga intilish ustivor bo'ladi. To'g'ri, aslida insonning to'q va farovon hayotga intilishi, boy -badavlat yashashni xoxlagani ayb emas, lekin bunday to'kinchilik insoniylikka qarshi bo'lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni havotirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o'zgarishlar Yevropaxalqlarining eng zarur va muhim qadriyatdlariga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Yevropada tug'ilayotgan bolalarning har ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.76 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.76 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: doc