Ochiq axborot tizimlari kursining predmeti va vazifasi. Fanning asosiy tushunchalari va xususiyatlari

Ochiq axborot tizimlari kursining predmeti va vazifasi. Fanning asosiy tushunchalari va xususiyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ochiq axborot tizimlari kursining predmeti va vazifasi. Fanning asosiy tushunchalari va xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Kursning maqsad va vazifasi. Asosiy tushuncha va terminlar. Kursning tuzilishi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha davlatlar axborot sohasi tadrijiy rivojlanishi va turli xil tazyiqlar mavjud bo'lgan sharoitlarda uning amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha faoliyatni kuchaytirdilar. Shuning uchun XXI asrni axborot texnologiyalari asri deb bejiz aytmayaptilar. Bu manoda Akinavada 200 yil 22 iyulda jahonning rivojlangan 8 mamlakati tomonidan imzolangan global axborot jamiyati xartiyasini eslash maqsadga muvofiqdir. Mazkur xartiya yangi asrdagi jahon hamjamiyati rivojlanishining muhim omili bo'lib axborot - kommunikatsiya texnologiyalari hisoblanishidan yaqqol dalolat beradi. Ilmiy texnika taraqqiyoti insoniyat va jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Yangi yuqori texnologiyalar jamiyat a'zolari turmushini istalgan mahsulot bilan ta'minlashga sanoat xizmat sohasini jadal rivojlantirish uchun shart - sharoit yaratish imkonini beradi. Axborot yaratish va tarqatish sohasida xam ilgari ko'z ko'rib quloq eshitmagan sur'at va ko'lamga erishildi. Kishilar o'rtasida xabar etkazishni ta'minlashga qobil hisoblash texnikasi, axboriy aloqa tizimi, internet tizimi, shuningdek boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti vafaoliyatida axborotning ahamiyatini keskin oshiribyubordi. Hozirgi kunda ijtimoiy-texnikaviy rivojlanish bilan ijtimoiy-siyosiy rivojlanish o'rtasida mutanosiblik mavjud bo'lgan jamiyatgina har tomonlama uyg'un rivojlanishi mumkin. Shuning uchun har qanday jamiyat o'zining ijtimoiy, iqtisodiy. Siyosiy va boshqa axborotga bo'lgan talab hamda ehtiyojini to'liqroq qondirishga intiladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, bugunga kelib ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlanishning miqyos mazkur sohalarda to'plangan va almashinayotgan axbotrotlar, ularning almashinish sur'ati va o'zlashtirilish tezligi bilan belgilanadi. Globallashayotgan dunyoda axborot xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ya'ni u jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiyham salbiy kuch sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shu ma'noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega bo'lgan mamlakatlar qulay sharoitga ega bo'ladilar. Mana shu ustunlik tufayli ular o'z shaxsiy manfaatlariga mos keluvchi qadriyatlarni, nuqtai-nazarlarni. g'oyalarni, fikrlarni ilgari surishlari mumkin va surmoqdalar ham. Shunga ko'ra ko'pgina davlatlarda glaballashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, bular yagona jahon uyg'unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar. Bu o'rinda shuni alohida ta'kidlash joizki, glaballashuvga qarshi harakatning o'zi tobora global harakat tusini olmoqda. Zamonamizning o'ziga xos jihatlaridan bo'lib, har qanday mahalliy hodisa yoki voqea zamonaviy axborot texnologiyalari tufayli global hodisa yoki volqeagaaylanmaqda. Masalan, 200 yil 11 sentyabrda N'yu Yorda yuzbergan voqea, Levan tuprog'idagi harbiy harakatlar, Frantsiyadagi yoshlarning chiqishlari, u yoki bu mamlakatdagi saylovlar, avia haloqat, tabiiy ofat, terrorchilik harakati va boshqa shunga o'xshash voqea va hodisalar buning yorqin dalili bo'ladi. Jahon miqyosida kezib yuruvchi bunday axborotlar muayyan davlat manfaatlariga ta'sir etmay qolmaydi. Bu faqat shu axborot tarqaladigan alohida olingan bir mamlakatdagi ijtimoiy, siyosiy va jarayonlardan darak berishi bilangina emas, balki boshqa mamlakatlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.33 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.33 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga