ochiq kalitli shifrlash algoritmlari ochiq kalitli kriptosistemalar Reja: 1. Ochiq kalitli kriptosistemalar. 2. Bir tomonli funksiyalar. 3. Kalitlarning ochiq taqsimlanish algortmi 4. Ochiq kalitli RSA kriptosistema Kriptografik sistema qanchalik murakkab va ishonchli algoritmga asoslangan bo'lmasin, uning amaliy qo'llanishida kelib chiqadigan nozik masala, yani kriptosistemalardan foydalanuvchilarga kalitlarni taqsimlash masalasi muhim bo'lib qolaveradi. Haqiqatan ham, axborotlar tizimida maxfiy aloqani taminlovchi kriptografik sistema foydalanuvchilarining o'zaro aloqasi uchun kalit ularning biri orqali yaratilgan bo'lib, ikkinchisiga maxfiy holda etkazilishi lozim bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki, umuman olganda, kalitni yetkazish (uzatish) uchun ham yana boshqa kriptosistemadan foydalanishga to'g'ri keladi. Bu masalani yechish uchun klassik hamda zamonaviy fan va texnika yutuqlariga, xususan, algebra fani yutuqlariga asoslangan holda ochiq kalitli kriptosistemalar yaratish yo'nalishi vujudga keldi. Ochiq kalitli kriptosistemalarning mohiyatini quyidagilar tashkil etadi: Axborotlar tizimi kriptosistemasidan foydalanuvchilarning har biri malum qoida bilan bog'langan ikkita kalitni yaratadi (tuzadi). Bu tuzilgan (yaratilgan) kalitlardan biri ochiq elon qilinadi, ikkinchisi esa sir (maxfiy) saqlanadi. Dastlabki ochiq kalit bilan shifrlanib, tegishli foydalanuvchiga uzatiladi, bunda shifrlangan matnni (kriptogrammani) bu ochiq kalit bilan deshifrlash imkoniyati yo'q, yani shifrlangan matnni bu ochiq kalit bilan ochish imkoniyati yo'q. Uzatilgan (etkazilgan) kriptogramma faqat kriptogrammaning haqiqiy egasigagina malum bo'lgan ikkinchi maxfiy kalit bilan deshifrlanadi. Ochiq kalitli kriptosistemalar teskarisi mavjud bo'lmagan yoki teskarisini hozirgi zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda qoplanmaydigan darajada juda katta moddiy sarf-xarajatlar bilan hamda keragidan ko'p vaqt sarflash bilan aniqlanadigan funksiyalarga yoki algoritmlarga asoslanadi. Shunday funksiyalar yoki algoritmlarni quyidagi xossaga ega bo'lishi maqsadga muvofiq: berilgan x qiymatda f(x) funksiyaning qiymati y etarli darajada oson hisoblanadi, ammo biror nomalum x qiymatda funksiyaning qiymati malum bo'lsa, x qiymatni topishning ham moddiy jihatdan ham vaqt nuqtai nazaridan etarli darajadagi imkoniyati yo'q. Ochiq kalitli kriptosistemalar algoritmlari ularning asosini tashkil etuvchi bir tomonli funksiyalar bilan farqlanadi. Ammo har qanday bir tomonli funksiya ham ochiq kalitli kriptosistemalar yaratish uchun va ulardan amaldagi axborotlar tizimida maxfiy aloqa xizmatini o'rnatish algoritmini qurish uchun qulaylik tug'dirmaydi. Bir tomonli funksiyalarni aniqlash ta'rifida nazariy jihatdan teskarisi mavjud bo'lmagan funksiyalar emas, balki berilgan funksiyaga teskari bo'lgan funksiyaning qiymatlarini hisoblash amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmagan funksiyalar tushunilishi takidlangan edi. Shuning uchun ma'lumotning ishonchli muhofazasini taminlovchi ochiq kalitli kriptosistemalarga muhim bo'lgan quyidagi talablar qo'yiladi: Dastlabki ochiq matnni shifrmatn ko'rinishida o'tkazish bir tomonli jarayon va shifrlash kaliti bilan shifrmatnni ochish - deshifrlash mumkin emas, yani shifrlash kalitini bilish shifrmatnni deshifrlash uchun etarli emas. Ochiq kalitning malumligiga asoslanib, maxfiy kalitni zamonaviy fan va texnika yutuqlari yordamida aniqlash uchun bo'ladigan sarf-xarajatlar hamda vaqt maqsadga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.53 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.53 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:17 ]
Arxiv ichida: doc