Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini o'zi himoyalashi

Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini o'zi himoyalashi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini o'zi himoyalashi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Shaxs ruhiy kechinmalarining ijtimoiy borliq qadriyatlariga bog'liqligi. Shaxs ongida g'oya va fikrning paydo bo'lishi. Mafkura va psixologik xavfsizlik muammolari. Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlari. Turli axborot-psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi. Shaxsning ma'naviy-axloqiy takomili va o'zini-o'zi himoya qilish va boshqarish imkoniyatlari. Ta'lim bilan qamrab olinmagan aholiga ziyolilar orqali sog'lom g'oyalarni yetkazish usullari. 1. O'z vaqtida Hindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandi shunday yozgan ekan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o'tira olmayman. CHunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, xonadonimni ag'dar-to'ntar qilib, o'zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman». Bu so'zlarni bugungi informatsion xurujlar va turli xil ma'lumotlarning turli yo'llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib kelib, u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e'tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta'siri jarayonlari ma'nosida qo'llash ham mumkin. Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab, «internetomaniya» kasaliga chalinish arafasida turgan O'zbekistonga ham yaxshi, ham yomon ta'sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o'zini-o'zi psixologik jihatdan salbiy ta'sirotlardan himoya qila olish imkoniyatlarini kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir. Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B'yukenenning «Smert' Zapada» nomli kitobi paydo bo'ldi. e'tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so'z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo'lgan voqealarni, G'arbning «taqdiri»ni jamiyat ma'naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug'ilish va aholining tabiiy o'sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag'ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa«amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko'rsatishga qodir emasligini e'tirof etadi. B'yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to'kin hayotga erishishga bo'lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo'lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e'tirof etadi. Gedonizmning ma'nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o'zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo'lishga intilish ustivor bo'ladi. To'g'ri, aslida insonning to'q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni hoxlagani ayb emas, lekin bunday to'kinchilik insoniylikka qarshi bo'lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni havortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o'zgarishlar Yevropaxalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Evropada tug'ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug'ilayotganligi, tug'ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o'zidan sog'lom zurriyod ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.65 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.65 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga