Ofisdagi ATS - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ofis atslarining turlari 2. Kompyuterli telefoniya 3. Radiotelefonli aloqa 4. Uyali radiotelefon aloqa tizimlari Firmaning har bir ishchisini shahar telefoni bilan ta'minlash qimmat turadigan va nomaqbul ishdir. Bir bino ichida o'tirgan xodimlarning bir-biri bilan shahar telefoni bo'yicha uzoq tadbirkorlik so'zlashuvlarini olib borishi, ayniqsa telefon so'zlashuvlarini vaqtbayt to'lovi sharoitida, maqsadga nomuvofikdir. Firmani umumiy telefonlashtirishning еng maqsadga muvofiq usullaridan biri firmada muassasa ichida foydalaniladigan ATS dan (mikro-, mini-, ofis ATS) foydalanishdir. Muassasa ichidagi telefon tizimlarida shaxsiy telefon stanciyalari yoki kommutatorlardan foydalaniladi va bu tizimlar quyidagilarga bo'linadi: muassasa ATS i, bu firmaning hamma bo'limlari ichki aloqasini, tashqi shahar telefon tarmog'iga murojaat qilmasdan ta'minlaydi; dispetcherlik telefon aloqasi, bu korxonaning ishlab chiqarish jarayonining borishi bilan bevosita bog'langan bo'limlari orasidagi tezkor ishlab chiqarish aloqasining muhim turidir; texnologik telefon aloqasi, bu lokal texnologik ishlab chiqarish jarayonini boshqaruvchi xodimlarni birlashtiradi; direktorlik telefon aloqasi, bu raxbarlarni o'zining ishchi va xodimlari bilan xizmat bo'yicha aloqasini ta'minlaydi. Muassasa ichidagi ATS yoki boshqachasiga - ofisdagi ATS, firmalarda biror miqdordagi qo'shimcha ichki telefonlarni tashkil еtish uchun ishlatiladi: hamma tashqi chiqaruvlar ATS tomonidan qabul qilinadi va ichki telefonlarga bevosita yoki qo'shimcha nomerlar bilan o'tkaziladi. Abonentning tashqi liniyaga chiqishi, odatda, to'g'ridan-to'g'ri terish yo'li bilan ta'minlanadi. Ofisdagi ATSga shahardagi ATS ning abonent liniyalari (liniyasi) va ichki abonentlar telefonlari ulanadi, lekin ular sonining nisbati, xodimlarning shahar so'zlashuvlari miqdori, tashkilotning moliyaviy imkoniyatlari va shahar abonent liniyalari soniga (bu liniyalar qancha ko'p bo'lsa, bu nisbat shunchalik kichik bo'lishi mumkin) bog'liq ravishda 1:2 dan 1:10 gacha kabi bo'lishi mumkin. Ofisdagi ATS juda turli-tumandir: aloqa vositalari bozorida hozir ularning keng spektri - xonadonda yoki kottejda (mikro-ATS) o'rnatiladigan oddiysidan tortib, mehmonxonalar va biznes-markazlar uchun mo'ljallangan (mini- va midi-ATS) yirik stanciyalargacha taklif еtilmoqda. Zamonaviy ofis ATS larining asosiy afzalligi ularning avtomatik ishlashi va ichki telefon aloqasidan amalda bepul foydalanishdir. Asosiy vazifalar: abonentlarni kommutaciyalash va yuqorida aytib o'tilgan telefon apparatlarining servis imkoniyatlarini bajarishidan tashqari, ular quyidagi shaxsiy servis imkoniyatlariga ham еgadir: telefondagi konferenciyalarni tashkil еtish imkoniyati (ko'plab abonentlarning bir-biri bilan bir vaqtning o'zida ulanishi); kanal band bo'lganda abonentni kutishga qo'yish; liniyani band qilayotgan abonent to'g'risida ma'lumotlarni berish; kutayotgan abonent to'g'risida avtomatik davriy еslatib turish; boshqa nomerga avtomatik qayta adreslash va «tungi rejim» da ishlash, ya'ni hamma chiqaruvlarni navbatchi telefonga qayta adreslash; 7-rasm. Ofis ATS ga xizmat ko'rsatadigan apparatlar to'plani: 1 - raqamli tizimli telefonlar (KX-7200 seriyasidagi) (faqat KX-TD 1232 ATS uchun); 2- KX-T700 seriyadagi uzlukli tizimli telefonlar; 3 -telefon jixozlari; 4 - tizimli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.08 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.08 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga