O'lchamlar 1. O'lchamlar qo'yish. GOST 2.307-68 (ST SEV 2180-80) 1. O'lchamlar va chekli chetga chiqishlar GOST 2.307-68 talab va qoidalarda o'lcham chiziqlari va o'lcham sonlari yordamida ko'rsatiladi. O'lcham sonlarini chizmada 3,5; 5 shrift bilan yozish tavsiya etiladi. 2. Mashinasozlik chizmalarida chiziqli o'lchamlar hamma vaqt millimetr hisobida qo'yiladi, biroq chizmada ko'rsatilmaydi. 3. Chizmaning masshtabidan qat'i nazar, hamma vaqt chizmada detalning haqiqiy o'lchami yozilishi kerak. 4. Chizmadagi har bir o'lcham faqat bir marta ko'rsatiladi. O'lchamlar mumkin qadar kam bo'lishi va buyumni tayyorlash hamda nazorat qilish uchun yetarli bo'lishi zarur. 5. O'lcham sonlari o'lcham chizigi ustiga 750 qiyalatib yoziladi. O'lcham chizig'i strelkalar bilan tugallanadi. O'lcham chizig'ining strelkalari o'zining o'tkir uchi bilan kontur, chiqarish va uq chiziqlariga tegib turishi lozim. Strelkalar o'lchami asosiy tutash chiziqlar yo'g'onligiga nisbatan lq(6 - 10)s; h2s olinadi (1 - shakl). 6. Kesmalarga o'lcham qo'yishda o'lcham chiziqlari bu kesmaga parallel ravishda, chiqarish chiziqlari esa o'lcham chiziqlariga perpendikulyar holda o'tkaziladi (2 - shakl). 7. Burchaklar o'lchami shu burchak uchidan chiqarilgan radial chiqarish chiziqlariga o'tkazilgan yoyda ko'rsatiladi (3 - shakl). 8. Yoy o'lchami, aylana yoyiga parallel o'tkazilgan vlcham chizig'ida ko'rsatiladi va o'lcham soni ustiga yoy belgisi quyiladi (4 - shakl). 1 - shakl. 2 - shakl. 3 - shakl. 4 - shakl. 9. Chiqarish chiqarish o'lcham chiziqlarining strelkalari uchidan 15 mm chiqib turishi kerak. O'lcham chiziqlari tasvir konturining tashqarisiga chiqarib qo'yilgani, ma'qul. 10. Parallel o'lcham chiziqlari oralig'i 7 mm dan kam bo'lmasligi, shuningdek, o'lcham chigidan kontur chiziqlargacha bo'lgan masofa esa 10 mm dan kam bo'lmasligi kerak (2 - shakl). 11. O'lcham chizig'ida ketma-ket joylashgan strelkalar uchun joy yetarli bo'lmasa, strelkalar nuqta yoki 45 ostida o'tkaziladigan shtrix chiziqlari bilan almashtirilishi mumkin (5-shakl, a,v). 12. Diametr belgisi barcha hollarda ham diametr o'lchami soni oldiga qo'yiladi. Belgisi aylanasining diametri o'lcham sonlari balandligining taxminan 5G'7 h qismiga teng. Aylana o'rtasidan o'tuvchi chiziqq o'lcham chizig'iga nisbatan 75 qiyalatib o'tkaziladi (6-shakl). 5-shakl. 6-shakl. 7-shakl. 13. Radius o'lchami oldiga R bosh harfi qo'yiladi (5; 8-shakllar). 14. Aynan 15-shaklda ko'rsatilgan hollardagidek kesma bilan chiqarish chiziqlari parallelogramm hosil qilsin. 15. Chiziqli o'lchamlarning o'lcham chiziqlari har xil qiyalikda chizilgan bo'lsa, o'lcham sonlari 10-shaklda ko'rsatilganidek, burchaklar esa 11-shaklda ko'rsatilganidek yozilishi zarur. 8-shakl. 9- shakl. 10- shakl. 11- shakl. 16. Agar o'lcham sonini yozish uchun o'lcham strelkalari orasida joy yetarli bo'lmasa, u holda Raqamlarini 12-shaklda ko'rsatilganidek joylashtirish kerak. 12 - shakl. 17. O'lcham sonlarini chizma chiziqlari bilan kesish yoki bo'lib qo'yishga yo'l qo'yilmaydi. O'lcham chiziqlari kesishgan joyda o'lcham sonlarini yozish mumkin emas. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
324.59 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
324.59 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:15 ]
Arxiv ichida: doc