Ommaviy axborot vositalari va axborot qarama-qarshiligi

Ommaviy axborot vositalari va axborot qarama-qarshiligi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ommaviy axborot vositalari va axborot qarama-qarshiligi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Dunyoda axborot o'lchovlarining o'rganilishi. OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Psixologik ta'sir texnologiyasi. Yuqori texnologiya va ommaviy kommunikatsiya. Ba'zi bir davlatlarning axborot bozoridagi hukmronligining oshish tendentsiyasi, xalqlar, davlatlar va madaniyatlar xususida ularning shaxsiy qarashlarini shakllantirishga intilishi. Ma'lumki, bugungi kunda axborot oqimlari haddan tashqari jadal va keng ko'lamli bo'lgan. Bitta misol: ohirgi ellik yil ichida jamiyatda aylanadigan axborot hajmi million marta ko'paydi va kundan kunga yanada oshib bormoqda. Bu shunday bir katta raqamki, uni to'la darajada anglab olish ham qiyin. Shuni aytish zarurki, bunday imkoniyatlar hamma davlatlarga ham xos emas. Demak, texnikaviy jihatdan qudratli bo'lgan davlatlar kuchli axborot texnologiyalariga ega. Shuning evaziga ular o'zlari ishlab chiqqan axborotni tarqatish yo'li bilan boshqa mamlakatlar ustidan oldin g'oyaviy, keyin esa siyosiy, iqtisodiy va madaniy hukmronlik qilishga harakat qilmoqda. Bunday davlatlar sirasiga eng avvalo rivojlangan mamlakatlar kiradi. Mazkur mamlakatlarning axborot manbalari sifatida birinchi o'rinda davlat axborot markazlari va milliy OAV xizmat qiladi. Axboriy hukmronlikning maqsadi bitta - axborot tarqatadigan mamlakatning mafkurasini boshqa davlatlar va xalqlar o'rtasida keng tarqatish va targ'ib qilish. Lekin bunday vazifa borligi haqida ular ochiq oydin aytmaydi, aksincha, uni har xil yo'llar bilan yashiradi. Masalan, inson huquqlari yoki demokratik andozalar niqobi ostida va hokazo. «Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlatlar haqidagi afsonaning yaratilish ehtimolini mavjudligi. «Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlat haqidagi afsonalar aslida bir necha asrlik tarixga ega. Ammo sayyoramiz mamlakatlarini bunday toifalarga bo'lish uchun asos yo'q. Iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy jihatlardan rivojlangan mamlakatlar aholisi yaxshi yashaydi degan gapning o'zi uncha ham to'g'ri emas. «Yaxshi yashash» nima degani? Moddiy boylik etarligimi? Unda nega aholisi eng uzoq umr ko'radigan Yaponiya bir necha o'n yilliklar davomida dunyo mamlakatlari ichida o'z joniga qasd qiluvchi fuqarolar soni jihatidan dunyoda birinchi o'rinda turadi? Nega Samarqand va Buxoro to'ylarini ko'rgan fransuz va nemislar bizning urf-odatlarimizga havas bilan qaraydilar va «sizlarga Yevropamadaniyati kerak emas ekan» degan fikrlarni bildiradilar? Bu AQSH professori Samyuel' Xantington aytgan madaniyatlar (sivilizatsiyalar) to'qnashuvi emas, aksincha, ular turfa xilligi, kolaversa, sirtqi dialogidir. OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Afsuski, ayrim OAV bugungi kunda shunday vositaga aylanganlar. Ushbu urushda OAVning o'rni va rolini aniqlash uchun eng avvalo axboriy-psixologik urushni ma'nosini anglab olishimiz zarur. «Axborot urushi» so'zlarining asoschisi fizik-olim Tomas Ron hisoblanadi, 1976 yilda u axborotni harbiy kuchlarning eng zaif bo'g'ini deb ta'riflab, ushbu masalaga barcha davlat miqyosidagi mas'ul kishilarni e'tiborini qaratdi. Shundan beri mazkur so'zlarning ahamiyati kundan kunga kuchayib kelmoqda. Bevosita axborot urushi ta'rifiga kelganda biz bir kitobdan iqtibos keltirmoqchimiz: «Axborot urushi deb, ijtimoiy, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga